“Hozirgi hokimiyat yolg‘on ustiga qurilgan”

“Hozirgi hokimiyat yolg‘on ustiga qurilgan”

Xpress.uz

Muxolifatchi Aleksey Navalniyning zaharlanishi haqida gapirgan rossiyalik deputatning mikrofoni 2 marta o‘chirib qo‘yildi.

Deputat Maksim Reznik Sankt-Peterburg kengashidagi chiqishida Navalniyni FXX xodimlari zaharlagani haqidagi shov-shuvli jurnalistik surishtiruv haqida gapirdi. Video YouTube'da 2 sutkada 10 million marta ko‘rildi.

“Bizga jamoatchilik eshituvlarini amalda bekor qilishni taklif etishyapti. 2 sutka ichida 10 million marta ko‘rilgan, Navalniyning joniga qasd qilish bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha esa federal hokimiyat shunchaki sukut saqlayapti.
Kechirasiz-u, bunday jimlik aybni tan olishdan ham yomon. Yoki hamma ertaga podshoh nima deyishini kutyaptimi?” – degan Maksim Reznikning mikrofoni o‘chirib qo‘yildi.

U kengash raisiga e’tiroz bildirib, so‘zida davom etdi.

“Hurmatli hamkasblar, agar fikrlarim sizga yoqmayotgan bo‘lsa yoki gaplarimga qo‘shilmasangiz, bu ­sizning mutlaq huquqingiz. Minbarga chiqib, men nega nohaqligim haqida gapirishingiz mumkin. Lekin men aytish joiz deb bilgan gaplarimni aytishimga xalal bermang.
Yana bir marta takrorlayman. Amaldagi hokimiyat yolg‘on ustiga qurilgan, deb hisoblayman”. (Mikrofon yana o‘chirib qo‘yildi)

➡️ Xpress.uz – Siz kutgan format

Report Page