Virus

Virus

Ibrat..

Biz bu virusdan qocha olmaymiz doʻstlar...


Amerikalik mashhur doktor Mehmet Oʻz feysbukda koronavirusni juda tushunarli qilib taʼrifladi. 

“Avvalo shuni taʼkidlashim kerak! Bu virusdan qutulish yoʻq, oʻrtoqlar. Unga har birimiz istisnosiz chalinamiz. Lekin qanchalik kech yuqtirsak shuncha yaxshi. Buni soʻzim oxirida izohlayman. 


Aynan GRIPP virusi bilan boʻlgani kabi, kelgusi yillarda bu virus bilan yashashni oʻrganamiz. Ishoning, bu aniq! Hozir joriy qilinayotgan karantin, taʼtil va boshqa choralar virusning tarqash shiddatini susaytirish, tibbiyotning nochor holatga tushishining oldini olishga qaratilgan.

Virus tez tarqagan taqdirda kasalxonalarning jonlantirish boʻlimlari chorasiz qoladi va noiloj Italiyada boʻlayotganidek qaysi bemor tuzalishi va qaysi biri vafot etishi kerakligini hal qilishdek dahshatli vaziyat yuzaga keladi.

Viruslar degani aslida qotil, shaytoniy bir dushman emaslar. Ular ham aslida xuddi bizdek oʻz qobigʻida yashovchi mavjudotlardir. Odatda hayvondan odamga yuqadilar va hayvonni nobud qilmaydilar. Chunki hayotlarini davom ettirish uchun oʻzlari ham tirik organizmga muhtojdirlar. Asrlardan beri hayvon organizmida yashashga koʻnikkanlar.


Xoʻsh? Nega unda biz oʻlmoqdamiz? Chunki virus bilan bir-birimizni yaxshi tanimaymiz. Virus hali hamon oʻzini hayvon tanasida deb oʻylamoqda. Oʻzi oʻrnashgan yangi muhitning sharoitini hali bilmaydi. Maʼlum muddat oʻtib, bizda unga qarshi immunitet shakllanadi va virus ham davomli yashash uchun mutatsiyaga uchraydi. Shu zaylda birga yashashga koʻnikamiz.

Masalan, herpes labialis nomli virusni eshitganmisiz? Bu dunyoda eng koʻp tarqalgan virus boʻlib, oʻla oʻlguncha organizmda yashaydi. Bu virus nima qiladi, deysizmi? Labimizga uchuq toshiradi. Shu xolos. Odamni oʻldirmaydi. Chunki odam oʻlsa u ham oʻladi.


GRIPP virusi ham deyarli shunaqa. Oʻldirish xavfi 0.1 foiz atrofida va odatda surunkali kasalligi boʻlganlarni nobud qiladi. Dunyo boʻyicha yiliga yarim milliard odam GRIPPga chalinadi. Shuningdek, odamzod bilan yashashga koʻnikkan tonna virus mavjud. Koronavirus bilan ham yashashga odatlanamiz.


Indallosi shuki, aytganimdek, hammamiz bu virusga chalinamiz. Hatto koʻpchilik chalinib ham ulgurgan-u, hali oʻzi bilmaydi. Tuzalib ham boʻlgandir. Organizmi virus bilan yashashga allaqachon koʻnikkan yoki virus u tanada hayot topolmay boshqa tanaga oʻtgan. Bu mavzuda eng yaxshi misol Daymond Prinsess kemasi. Undagi 3700 yoʻlovchidan 700 tasida virus aniqlangan. Ammo shulardan 350 nafari kasalligini sezmagan ham. Yoshi keksaligiga qaramay yotoqqa tushmay yashamoqda.

Nega bunday? Chunki oʻsha 350 kishining immuniteti juda kuchli. Yaʼni bu kasallikda eng muhim jihat bu immunitet. Oramizda immun tizimi kuchli boʻlganlar, sport bilan shugʻullanganlar, toʻgʻri ovqatlanganlar, chekmaydiganlar bu kasallikni umuman sezmaydilar. Balki yengil shamollash kabi oʻtkazib yashayveradilar.


Nima qilish kerak? Avvalo tana quvvati. Sport va harakat. Keyin ovqatlanish. Xususan, meva sabzavotlar, sarimsoq, qatiq, koʻk choy va hokazo. S vitaminiga boy tabiiy mahsulotlar. Shular yordamida pandemiya davridan eson omon oʻtish mumkin. Chunki yuqoridagi tavsiyalar aynan immunitetning kuchayishiga xizmat qiladi.


Xullas oʻsha gap, virus bilan yashashga odatlaning. Kegusi yillar, balki oylar yo haftalar ichida mutatsiyaga uchraydi, yoki battar vahshiylashadi. Ikkinchi ehtimol juda past,chunki bu virusning oʻziga ham zarar. Katta ehtimol bilan virus odamga moslashadi. Vaksinasi topilganda ham har gal virus mutatsiyaga uchraganda vaksina oʻz taʼsirini yoʻqotaveradi. Xuddi GRIPP vaksinalari ham shunday. Bizni faqat avvalgi yillarda yuqqan GRIPP viruslaridan himoyalaydi, yangilaridan emas. Yaʼni toʻliq himoya qilolmaydi. Doimiy toʻliq himoya esa immun tizimimizdir.


Mutatsiya deganimiz esa naslga aloqador boʻlib viruslar tez koʻpayib tez oʻlganliklari sababli, odamlarda yillar talab qiladigan nasl almashuvi ularda bir necha soatdan iborat. Ular juda tez mutatsiyaga kirishadilar. Vaqt oʻtgani sayin virus mutatsiya natijasida yuqqan odamini nobud qilmaydigan holga keladi. Demak, bu virusga qanchalik kech duch kelsak, uning zarari shuncha kam boʻladi.

Ha, hech kimni chetlab oʻtmaydigan bu virus bilan qancha kech uchrashsak shuncha omadli boʻlamiz. Shuning uchun, imkon qadar uydan chiqmay, gigiyenaga rioya qilib, toʻgʻri ovqatlanish, badantarbiya qilish va karantin qoidalariga qatʼiy amal qilish kerak! Shuni bajarganlar, ishoning, hammadan uzoq yashaydilar!


Xulosa:

1. Karantinga kiring! Virusni qancha kech uchratsangiz shuncha omadlisiz!

2. Gigiyena. Tozalikka qatʼiy rioya qiling.

3. Meva va sabzavotlar isteʼmol qiling.

4. Immunitetni koʻtaruvchi sarimsoq, qatiq, yogurt kabi mahsulotlarni koʻproq isteʼmol qiling.

5. Immunitetni mustahkamlovchi vitamin va qoʻshimcha moddalar qabul qiling.

6. Serharakat boʻling va uyda sport bilan shugʻullaning

7. Chekmang!

8. Suv isteʼmolini koʻpaytiring.”


Report Page