Vadim Zeland -

Vadim Zeland -


Nima bizning imkoniyatlarimizni cheklaydi? Faqat bizning niyatlarimiz. Hayotimizning qay tarzda bo’lishi bizning o’z qo'limizda. Bizning dunyoga yuborgan barcha fikrlarimiz orqaga bumerang kabi qaytadi. Biror narsadan bezovtalansak - bu bezovtalik bizga qaytadi va shu bezovtalikni boshimizdan o’tkazamiz. 

Ammo yaxshi xabar ham bor: sevgi ham bumerang! Sizni sevishlarini istaysizmi, sevgi bilan porlashni xohlaysizmi? O'zingizdan boshlang!


Hayolan dunyoga sevgini yuboring va bu niyyat siz tomonga tosh oynadagi kabi qaytadi.


Haqiqatni boshqarish texnologiyasi quyqali transformatsiya (трансерфинг) deb ataladi. Hayotingizni ustasi bo'lishga intilasizmi? unday bo’lsa niyyatlaringizni kuchi bilan haqiqatni yarating. 

Niyyatlarimiz energiyasi muayyan sharoitlarda o’zimiz taklif etgan variantlarimizni moddiylashtirishga qodir.

Transurfingda qalb va ongning birligida bir kuch tug'iladi bu tashqi niyat deb ataladi. O'z hayotlarida Transurfingni sinab ko'rganlar, niyyatlari hayotlarida qanday o’zgarishlar olib kelishiga qarab hayratda qoladilar. Inson uchun yopiq tuyulgan eshiklar ochiladi. Sahna o'zgaradi, hayotning ta'mi qaytadi. 

Bularning barchasi rost va haqiqat!


Transurfing - ming yillikning tubidan bizgacha yetib kelgan bilimdir. Har bir inson o'zining taqdirini o'z xohishiga ko'ra yaratishga qodir. Niyyat va harakat haqiqatni boshqarishning eng asosiy tamoyillaridir. Maqsadlar o'zlari amalga oshadilar. Siz o'zingizga hiyonat qilishingiz, o'zingizni o'zgartirishingiz shart emas.


Transurfing sehrli afsun emas, bu tosh oyna dunyosi tamoyillari haqida ma'lumotdir. Avvalo o’z ongimizni odatdagi moddiy dunyoqarashdan bo’shatib, tashqariga chiqish kerak. 

"Transurfingning amaliyot kursi" kitobi muallifi Vadim Zelandning aytishicha: insonning haqiqati dunyoning ko'zgusidagi tushuncha sifatida namoyon bo'ladi, dunyo bizning hayollarimizdagi haqiqatga oid g'oyalar aks ettiriladiganiga qarab tosh oyna kabi o’zini tutadi.


Transurfingga ko'ra, tosh oynaning ikkinchi tomonida barcha mumkin bo'lgan voqealarning senariylari saqlanadigan axborot strukturasi mavjud. Mavjud bo'lgan variantlardan birini amalga oshirilish mumkin. Tanlov to’g’ri bo’lishiga har doim umid bor. Fikrlarimizning energiyasi har qanday variantni amalga oshirishga qodir. O'tmishga nazar solish yoki qo’rquv bilan kelajakka qarash bu ma'nosiz ishg'ol. 

Nima qilsa bo'ladi? 

Hayot, orzu-havas, niyyatni to’g’ri shakllantirish kerak.


Insonda orzu-havas bor. Ammo bu havasni haqiqatga o’zgarishi uchun yetarli emas. Oynaning har ikki tomoni muayyan parametrlarga mos kelishiga to'g'ri keladi. Avvalo bu oynadan qanday foydalanishni bilish kerak. 

Zelandning yozishicha: "Materiallarni realizatsiya qilish inertsiz bo'lsa-da, muayyan shartlarni bajaradigan bo'lsangiz, aks tasavvuri shakllanadi, orzu haqiqatga aylanishi mumkin", 

Biror narsaga erishish uchun aniq qadam qo’yish kerak, qo’pol qilib aytganda "tirsaklarni harakatlantirish" kerak.


Oynaning boshqa tarafida juda ko'p narsalar bor. Misol uchun sizga ma'lum bir mahsulot kerak, ammo hozirgi vaqtda bunday mahsulot yo'q, lekin siz tanlashingiz va buyurtma berishingiz mumkin bo'lgan katalog mavjud. Ertami-kechmi buyurtma bajariladi va uni olish uchun muayyan shartlarni bajarish kerak. Yupqa aloqalar jarayonlari biz uchun ko'rinmaydi, lekin ular haqiqatning katta qismini tashkil qiladi.


Haqiqatining har bir qatlamini shakllantirgan kishi ikki omildan foydalanadi: tashqi va ichki niyat. O’z harakati bilan moddiy olamga ta'sir o'tkazadi. Fikri, niyati bilan haqiqatda hali mavjud bo'lmagan narsalarni aks ettiradi. 

Haqiqat boshqaruvi nazariy mashq emas, bu amaliyot.


Muammolar sizning boshingizga yog’ilishi, eng yomon taxminlar oqlanishi mumkin. Nima uchun bunday bo'ladi? "Transurfing" nazariyasiga ko'ra, "istamagan narsalarni olishingiz"ga tushuntirish mavjud. Butun qalbingiz bilan biror narsadan qo'rqsangiz, natijada sizning fikringizning energiyasi buni haqiqatga aylantiradi. Ruhlantiruvchi hayollar ro'yobga chiqadi.


Zelandning aytishicha: agar siz "dunyoni tomog’idan bo’g’ib qo'ysangiz", u qarshi chiqadi va ozod bo'lishga intiladi. Hayotga kurashni yengillashtiring va dunyo sizga yanada mehrli bo'ladi.


Transurfingning asosiy qoidasi - o'zingizni o'zingizga qo’ying, boshqani - boshqacha bolishiga. O'zingizga o’z yo'lingizda harakatlanishga imkon bering, ushanda siz dunyoning barcha hazinalarini ochasiz, boshqalar sizga qarab hayron qolishadi. Qalbingizning cheksiz imkoniyatlariga ishoning. Siz buyuk bo'lishga haqqingiz bor, o’zingizga imkon bering. Agar aql-idrok yo’l qo’ysa, qalb niyatlarni amalga oshirishni yo'lini topadi.

Shubha va ikkilanishlarga energiyani behuda sarflamang! Hecham ikkilanmasdan niyat qiling. Boring va oling! 

Bu qayday bo’ladi? Qanday qilib menga keladi? degan savol sizning hayolingizga kelmasligi kerak. Siz hotirjamlik bilan, muvaffaqiyatga to’liq ishonishingiz kerak. Uyalmay, qo’rqmay buyurtma bering, imkonsiz narsalarni talab qiling, haqiqiy bo’ling.

Ushbu kitob g'ayrioddiy va no’odatiy narsalar haqida. Bularning barchasi shu darajada ehtirosliki inson ishonishni xohlamaydi. Ammo sizning ishonchingiz talab qilinmaydi.

Usullar yordamida o'zingiz tekshirib ko’rishingiz mumkin. Shundan keyin odatiy dunyoqarashingiz umuman o’zgaradi. 


Barchamiz vaziyat qaramog’idamiz . Istaklar amalga oshmaydi, orzular ro'yobga chiqmaydi, ammo huddi atayin bo’lgandek yomon umidlar oqlanadi. 

Shuni aksi bo’lishi mumkin emasmi? Mumkin va siz buni bilib olasiz.


Transurfing haqiqatni boshqarish uchun kuchli texnologiya. Bu yerda maqsadga erishilmaydi, maqsadni o'zi amalga oshadi. Bu oddiygina dunyoqarashning ichida juda ajoyib eshitiladi. Stereotiplarning qulfini sindirib, amalga oshmaydigan niyatlar haqiqatga aylanadigan dunyoga eshikni ochasiz. Sizning imkoniyatlaringiz faqat sizning niyatingiz bilan cheklanganligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.


Qanday qilib muvaffaqiyatli bo'lish, boy bo'lish, baxtli bo'lishni o'rgatadigan ko'plab kitoblar mavjud. Ushbu istiqbol juda qiziqarli, kim buni xohlamaydi? Ammo siz bunday kitobni ochganingizdan kegin u yerda mashqlar, meditatsiya, o'z ustingizda ishlashingiz kerak deganga ko’zingiz tushadi. Hayot shusiz ham - uzluksiz imtihon, ular yana kuchlanishni va o'zgarishni taklif qilishadi. 


Sizni nomukammalligizga ishonch hosil qildirishadi va shuning uchun o'zgarishingiz kerak, aks holda kelajakdan umid qilishga imkon yo'q deb ishontirishadi. Ehtimol siz o'zingizdan to'liq qoniqmasdursiz. Lekin siz o'zingizni o'zgartirmoqchi emassiz. To’ppa to’g’ri o’zgarmang. Sizning nomukammalligingizni aytgan odamga ishonmang. Nima uchun, begona sizni qanday bo’lishingizni biladi deb qaror qildingiz? O'zingizni o'zgartirishingiz shart emas. Chiqish siz qidirayotgan joyda emas.


Biz mashqlar, meditatsiya va o'z-o'zini tahrir qilish bilan shug'ullanmaymiz. Transurfing o'zini rivojlantirishning yangi usuli emas, balki sizning niyyatingizni tubdan boshqacha tarzda ifodalash va xohlagan narsani qabul qilib olish uchun harakat qilishdir. Erishish emas balki qabul qilib olish. O'zingizni o'zgartirmang, o'zingizga qaytib boring.


Barchamiz hayotimizda ko'plab xatolar qilamiz. Keyinchalik o'tmishga qaytib hamma narsani tuzatish qanchalik ajoyib bo'lishini orzu qilamiz. Sizga "bolalikka chipta" va'da bermayman. Ammo xatolar to'g'rilanishi mumkin, u o'tmishga qaytib borish kabi bo'ladi. Ehtimol "o'tmishga ilgarilash". Bu so'zlarning ma'nosi kitobning oxirida sizga tushunarli bo'ladi. Men sizlarga aytib bermoqchi bo’lganlar haqida siz eshitgan yoki o'qigan bo’lishingiz mumkin emas. Shuning uchun kutilmagan, hayratlanarli va rohatga tayyorlaning.

Report Page