Uzbekistan

Uzbekistan

@tv_uzbek

Immanuel Kant nomidagi universitet mutaxassislarining fikriga ko‘ra,kosmik obyekt Yerdan 50 ming kilometr masofadan uchib o‘tadi. Kosmik hisob-kitoblarga ko‘ra, bu o‘ta yaqin masofa hisoblanadi.

Biron bir kosmik jismni “xavfli” deb hisoblash uchun u Yerdan Oyga nisbatan 20 barobardan kam masofada uchib o‘tishi kerak.

2012 ТС4 asteroidining Yerga maksimal yaqin keladigan nuqtasi Oyga nisbatan 7 barobar yaqinroq.

Shuning uchun mazkur asteroid Yerga xavf tug‘diradi, deb bemalol aytish mumkin.

Asteroid 2012-yilda kashf qilingan, ammo uning orbitasi o‘ziga xos bo‘lgani uchun, astronomlar yaqin vaqtlargacha uning harakatlanishini kuzata olmagan va Yerga qanchalik yaqin kelishini ayta olmagan edi. Asteroidning diametri 13 metrni tashkil etadi.

Asteroid o‘z o‘lchami bilan 2013-yilning fevral oyida Chelyabinsk ustiga qulagan asteroidni eslatadi. O‘shanda asteroid qulashi oqibatida 1613 kishi jabrlangan edi.


Report Page