UZB

UZB


*Kecha va'da berganimdek, onlayn biznesning afzalliklari bilan o'rtoqlashaman!*

Kecha offlayn biznes haqida men o'z nuqtai nazarimni sizlar bilan muhokama qildim. Keling bugun onlayn biznesning afzalliklari haqida o'z fikrimni yoritishga harakat qilaman.


🔹Katta miqdordagi sarmoyasiz siz onlayn tadbirkorga aylanishingiz mumkin.


🔹Onlayn darsliklarni juda onson va qulay yaratish texnologiyalari mavjudligi. Bir marotaba yaratasiz, va istalgan miqdorda sotasiz. Bu turdagi biznesda, tez o'sishga erishish ehtimoli ancha yuqori.


🔹Mijozlaringiz dunyoning qaysi nuqtasidan bo'lmasin, siz ularga doim xizmat ko'rsata olasiz. O'zbekistondan turib, Yevropa va butun dunyo bilan ishlash imkoniyati. Butun dunyo bo'yicha cheklovlarsiz faoliyat yuritish imkoniyati! Buning uchun sizga faqat internet va kompyuter kerak.


🔹Katta joy egallashi mumkin bo'lgan tovarlar yo'qligi, mijozlarga xizmat yoki tovaringizni yetkazib berish va logistika uchun hech qanday sarf-harajat yo'qligi onlayn biznesning eng katta qulayliklaridan biri. 


🔹Payback (yoki biznesingizga qilingan sarmoyani qaytarish)ning muddati kichikligi. Albatta, bu uchun bu sohadagi bilimlar jamlangan poydevor kerak, shunday bo'lsa ham, payback muddati o'rtacha 2 oydan boshlanadi.


🔹Ofis va ishchilar uchun sarf-harajatlar yo'qligi ham katta qulaylikdir. Sizga ko'mak beruvchi ishchilaringiz siz kabi uydan turib faoliyat yuritishlari mumkin.


🔹Xech qanday litsenziya va qog'ozbozlik talab etilmaydi (agar siz O'zbekiston ichki bozorida faoliyat yuritmasangiz).


🔹Barcha jarayonlarni juda yengil va qulay avtomatizatsiyalashtirish imkoniyati. Barcha ichki operatsion jarayonlarni siz smartfon orqali boshqara olasiz.


🔹Onlayn maktabingizning yo'nalishini tanlash uchun juda keng tanlovga ega bo'lasiz. Agarda siz o'ziga xos, qiziqarli onlayn maktab yaratsangiz, muvaffaqiyatga erishishingiz ehtimoli bir necha marotaba oshadi.

Do'stlar, onlayn maktablarning sizga manzur bo'lgan tomonlarini yoki qandaydir savollaringiz bo'lsa kanaldagi izohlarda qoldirishingiz mumkin.

Report Page