UZB

UZB


Onlayn ta'lim bugungi kunda eng daromadli va qiziqarli biznez turi. Bu Toshkentdagi ofisimizda butun boshli onlayn maktablar platformasini rivojlantirishimizning sabablaridan biri.

*An'anaviy biznesda endi ish boshlamoqchi bo’lganlar qanday qiyinchiliklarga duch kelishadi?*

🔹Katta loyihalar uchun faqat katta mablag’ talab etiladi. Yirik sarmoyalarsiz o’z ishingizni boshlay olmaysiz.

🔹O’z biznesingizni yuqoriroq pog’onaga olib chiqishdagi qiyinchiliklar. Buning uchun хаtto sizga sezilarli darajadagi mablag’ kerak bo’ladi.

🔹Mijozlarning joylashuvi va sizning biznesingizga bo'lgan talab sizning joylashgan nuqtangizdan kelib chiqishi. Ko'proq mijozlarga xizmat ko'rsatish uchun siz ko'proq xizmat ko'rsatish nuqtalari sonini oshirasiz. Bu o'z o'zidan yana mablag' sarf bo'lishiga olib keladi.

🔹Ehtimoliy qo'shimcha logistika uchun harajatlar. Payback (biznesingizga qilinga sarmoyalarni qaytarish) muddati uzoqligi.

🔹Ish miqdori katta bo'lsa o'z o'zidan ma'lumki, sizga katta jamoa va ofis kerak. Va yana siz bu uchun mablag' ajratasiz.

🔹Turli litsenziya, ruxsatnomalar va shunga o'xshash qog'ozbozlik. Turli kutilmagan hodisalar uchun albatta zaxira jamg'armasi tashkil qilishingiz kerak.

🔹Inson omili katta ro'l o'ynashi. Xar bir qilinayotgan xarakatda xato qilish ehtimoli o'ta yuqoriligi. Va albatta, offlayn biznesning qaysi turi bo'lmasin, o'ta yuqori raqobatga duch kelishingiz aniq!

Bu yerda men offlayn biznes haqidagi fikrimni yozib qoldirdim. Birozdan so'ng onlayn biznes haqida fikrimni siz bilan o'rtoqlashaman. 

Do'stlar, endi siz offlayn biznesdagi men yozmagan minuslarni pastda izohlarda yozib qoldiring👇

Report Page