Uzb

Uzb

@UZBEKISTANOFFICIAL

O‘zbekistonda anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda

21-yanvar kuni O‘zbekistonda Eron hududidan juda issiq va quruq havo oqimi kirib kelgani sababli anomal issiq harorat kuzatildi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Foto: “Gazeta.uz”

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, respublikaning katta qismida havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 10−12 darajadan oshmoqda.

Harorat +12…+17, ayrim joylarda — +18…+20, Qoraqalpog‘iston va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida — +7…+12 darajagacha ko‘tariladi. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 17−22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

22-yanvar ob-havosi

Toshkent

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5…+7, kunduzi +10…+12 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0…-5, kunduzi +5…+10; Ustyurtda kechasi −3…−8, kunduzi 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0…+2, kunduzi +7…+12 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2…+7, ayrim joylarda 0…-2, kunduzi +9…+14 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2…+7, kunduzi +9…+14 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0…-5, kunduzi +7…+12 daraja bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi −3…+2, kunduzi +3…+8 daraja bo‘ladi.


Report Page