Saylovda umumiy saylovchilarning 71,1 foizi qatnashdi. Bu mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng past ko‘rsatkich.

Saylovda umumiy saylovchilarning 71,1 foizi qatnashdi. Bu mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng past ko‘rsatkich.

🌐OLTIARIQ_TV

》》》》》

@Oltiariq_tv

Markaziy saylov komissiyasi 22-dekabr kungi saylovda umumiy saylovchilarning (18,7 million) 71,1 foizi (13,3 million) qatnashgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Bloger Xushnud Xudoyberdiyevning yozishicha, bu raqam ichida bir kishi butun oila a’zolari nomidan ovoz berganlar ham bor. Ammo shunday bo‘lsada, joriy yilgi natijalar ancha ishonarli raqam.

Avvalgi yillarda bu raqam hech qachon 85 foizdan kam bo‘lmagan. Ilgari qatnashgan saylovchilar sonini sun’iy ko‘paytirish uchun rosa harakat qilingan:

  • 2016-yil (Prezidentlik saylovi) – 87,73%;
  • 2015-yil (Prezident) – 91,08%;
  • 2014-yil (Parlament saylovi) – 88,94%;
  • 2009-yil (Parlament) – 87,8%;
  • 2007-yil (Prezident) – 90,6%;
  • 2004-yil (Parlament) – 85,1%;
  • 2002-yil (Referendum) – 91,58%;
  • 2000-yil (Prezident) – 95,1%;
  • 1999-yil (Parlament) – 95,03%.

Joriy yilda saylovda ishtirok etish foizining kam bo‘lgani xalqimizning siyosiy qiziqishi avvalgi yillarga qaraganda kamayib ketganini anglatmaydi. Aksincha, bu – saylovlarda ko‘zbo‘yamachiliklar, ‘yavka’ni ko‘tarish uchun ovozlarni soxtalashtirish hamda qo‘shib yozish kam bo‘lganini anglatadi. Bu juda quvonarli hol, men Sizga aytsam! Bravo! Shu tempni saqlab qolish, kelgusi yillarda raqamlarni yanada shaffoflashtirish kerak”, — deb yozadi bloger.

Bloger Muhrim A’zamxo‘jayev esa kelasi safar ekzit-pollar ham bo‘lishiga umid bildirgan: “Bu safar ishtirokchilar sonini real ko‘rsatkichlarga haminqadar yaqinlashtirdik (71,1 foiz — tarixda 85 foizdan pastlamagan ko‘rsatkich bu!), kelasi safar ekzit-pollar ham bo‘lar, so‘rovnomalar ham o‘tkazilar, saylov tugashi bilan g‘oliblar o‘z g‘alabasini tantana qilishni boshlashini ham ko‘rarmiz”.


Report Page