Bolgariyaning Kranevo shaharchasida 64 katakli shashka bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Bolgariyaning Kranevo shaharchasida 64 katakli shashka bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tdi.

https://t.me/Sirdaryo
Foto: olamsport.com

Yunus Aminjonov boshchiligidagi etti nafar yosh sportchilarimiz ushbu jahon chempionatida muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etishdi. Hamyurtlarimiz yakunda 4ta oltin, 4ta kumush, 5ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. 

Sakkiz yoshli shashkachilarning rapid bahsida ishtirok etgan Mavluda Mahmudova oltin, klassik yo'nalishda esa bronza medaliga sazovor bo'ldi. O'n to'rt yoshlilar orasida ham rapid, ham klasssik yo'nalishlarda Ozodbek O'rmonaliev jahon chempionatining ikkita oltin medalini qo'lga kiritdi. 

Sakkiz va 20 yoshli shashkachilar o'rtasida Samira Qahhorova va SHahzoda Tursunmurodova terma jamoamizga kumush medalni taqdim etishdi. SHahzoda Fayzullaeva va Fitrat Olimovlar o'z yosh toifalarida bronza medaliga sazovor bo'lishdi. 

Foto: Sirdaryo24.uz

Sirdaryo24.uz xabariga ko'ra - Ozodbek O'rmonaliev Sirdaryo viloyati sportning o'yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchi hisoblanadi.

Report Page