Toʻylar toʻylarga ulandi

Toʻylar toʻylarga ulandi

https://t.me/Sirdaryo
Foto: uza.uz

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari boʻlgan 4 juftlikning nikoh toʻyi boʻlib oʻtdi.

Milliy qadriyatlarni targʻib qilish, xayrli ishlar koʻlamini yanada kengaytirish maqsadida viloyat va tuman hokimliklari, xotin-qizlar qoʻmitasi hamda boshqa homiy tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilgan nikoh toʻyida kelin-kuyovlarning qarindosh-urugʻlari, mahalla faollari, mehnat faxriylari ishtirok etdi.

– Oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish maqsadida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida Sayxunobod tumanida baʼzi oilalarda farzandlarining nikoh toʻylarni oʻtkazish bilan bogʻliq muammolar borligini aniqladik, – deydi viloyat hokimining oʻrinbosari, viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi raisi D.Oʻrolova. – Odamlardan koʻngil soʻrash, tashvishlarini birgalikda aritish hammaga mamnunlik keltirishini mana bugungi tantanada yana bir bor guvohi boʻlib turibmiz. Bu kabi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning toʻy va tantanalarini viloyatimizning boshqa tuman va shaharlarida ham oʻtkazish chora-tadbirlarini ishlab chiqqanmiz. Toʻylarimiz hali davom etadi.

Toʻy sohiblariga viloyat va tuman hokimligi hamda homiylarning esdalik sovgʻalari topshirildi.

O'zA

Report Page