Uz

Uz

@UZBEKISTANUZ

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashining 2020 yildagi faoliyati sarhisob qilindi


Bugun Namangan “Yoshlar markazi”da Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining 2020 yildagi faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda viloyat Kengashi raisi Abdulaziz Muminov 6 oylik sarhisob yuzasidan batafsil ma'lumot berdi.


Chunonchi, birgina 2020 o‘quv yili davomida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan murojaat qilgan 214 nafar talaba yoshlarga 599 mln so‘m mablag‘ davlat byudjeti hisobidan ajratildi.


2020 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, chin yetim, imkoniyati cheklangan yoshlarning 5 nafariga to‘lov shartnoma mablag‘larining ma’lum bir qismi to‘lab berildi.


Shuningdek, Namangan viloyatida 2020 yilda 80 ta namunali “Yoshlar uylari”ni barpo etish rejalashtirildi hamda ularni adolatli va shaffof taqsimlash mexanizmi joriy etildi.


Kosonsoy tumanida joylashgan “Sohil bolalar dam olish oromgohi yoshlar ittifoqi tasarrufiga ya’ni ijodkor yoshlarimiz ixtiyoriga topshirildi.


Shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar - kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan o‘tgan davr davomida 75 nafar yosh tadbirkorlarga 22 mlrd 917 million so‘m miqdorida kreditlar ajratilib, 1250 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlashga erishgan bo‘lsak, 2020 yil yakuniga qadar jami 166 ta loyihaga 28 mlrd 500 million so‘m mablag‘ ajratilishi natijasida, 1 028 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.


Tadbir yakunida yil davomida faol hamkorlik qilib kelayotgan OAV xodimlari maxsus tashakkurnoma va qimmatbaxo sovg'alar bilan taqdirlandi.

Report Page