UZ

UZ

@UzTagram

O‘zbekiston shaharlarida tezlik 60 km/soatgacha pasaytirilishi mumkin.

O‘zbekiston shaharlarida va aholi punktlarida ruxsat berilgan maksimal tezlik yil oxirigacha 70 dan 60 km/soatgacha pasaytirilishi mumkin.Bu jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan, 2018—2022-yillarda mamlakatda yo‘lharakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi loyihasida ko‘zda tutilgan,deb yozadiGazetauz.

”O‘zbekistonda amalda bo‘lgan Yo‘l harakati qoidalari turar joy zonalari va ularga yondosh hududlarda tezlikni 30 km/soat etib cheklaydi, ammo belgilar, harakatni sekinlashtirish vositalari va nazorat yo‘qligi sababli ushbu talab ko‘pincha buziladi. O‘zbekistonda maktab va bog‘chalar yaqinidatezlikni cheklash bo‘yicha talablar yo‘q, hududlardagi mahalliy hukumat ushbu masalanimustaqil tarzda nazorat qiladi.

O‘zbekiston Yo‘l harakati qoidalari mahalliy hukumatga agar yo‘l sharoitlari xavfsiz harakatni ta’minlasa, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan kelishgan holda, yo‘lning alohida uchastkalarida yoki harakatlanish polosalarida alohida turdagi transportlar uchun tezlik rejimini oshirishga ruxsat beradi.

Telegramda UzTagram Kanaliga Obuna Bo'ling!

Report Page