2026 yilgi qishki Olimpiadani o'tkazishga 7 davlat ariza berdi 

2026 yilgi qishki Olimpiadani o'tkazishga 7 davlat ariza berdi 

https://t.me/XABARLAR_UZBEKISTAN_KUNUZ

Turkiyaning Erzurum shahri 2026 yilgi Olimpiadani o'tkazish huquqi uchun kurashadigan bo'ldi. U Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga o'z arizasini yuborgan yettinchi shahar bo'ldi. Ushbu arizani Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an qo'llab-quvvatlagan. 

31 martda XOQ ushbu Olimpiadani o'tkazish uchun arizalarni qabul qilishni to'xtatadi. Erzurum Olimpiadani o'tkazishga ilk bor da`vogarlik qilmoqda. Avval u faqat qishki Universiadani qabul qilgan. Bundan tashqari, 2017 yilda bu kurort shaharda Yevropa qishki o'smirlar olimpiya festivali bo'lib o'tgan. 

2026 yilgi Olimpiadani o'tkazishga, shuningdek, Kalgari (Kanada), Sapporo (Yaponiya), Stokholm (Shvetsiya), Son (Shveytsariya), Grats va Shlamding (Avstriya, umumiy ariza) hamda Milan va Turin (Italiya, umumiy ariza) da`vogarlik qilmoqda. 

Kalgarida 1988 yilgi, Sapporoda 1972 yilgi, Turinda esa 2006 yilgi Olimpiadalar o'tgan. Stokholm esa 1912 va 1956 yillarda Olimpiada mezboni bo'lgan. Qolgan shaharlar bu imkoniyatga ilk bor ega bo'lishlari mumkin. 

Yuqoridagi shaharlardan tashqari, Norvegiyaning Lillexammeri ham ariza berishi mumkin. 

Ariza topshirgan shaharlarda XOQga batafsil arizalar taqdim qilish uchun yarim yil vaqt bo'ladi. Bu arizalar XOQning Buenos-Ayresda oktabrda o'tadigan sessiyasida ko'rib chiqiladi. 2026 yilgi Olimpiada poytaxtini tanlash marosimi 2019 yilda o'tadi. 

2022 yilgi Olimpiada Pekinda bo'lib o'tadi.


Deya xabar bermoqda Kun.uz nashri.


Report Page