Uz

Uz

@UZBEKISTANOFFICIAL

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev vazifasidan ozod etilgani haqidagi xabarlar rad etildi

“Ozodlik” radiosining Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev vazifasidan ozod qilingani va uning o‘rniga Buxoro shahri hokimi vazifasida ishlab turgan Karim Kamolov tayinlagani haqida tarqatgan xabari noto‘g‘ri. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.


Foto: Prezident matbuot xizmati

Viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev ayni shu daqiqalarda joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida 16-fevral kuni Buxoroga tashrif buyurgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga hamrohlik qilmoqda

Ayni vaqtda Buxoro viloyatida bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyev bugun, 17-fevral kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga tashrif buyurdi. Prezident matbuot xizmati O‘zbekiston Prezidentiga O‘ktam Barnoyev hamrohlik qilayotgan suratni e’lon qildi.deya xabar bermoqda daryo nashri

Report Page