Uz

Uz

@Uzbekistanofficial

Jizzaxda fermer musht ko‘tardi

Jizzaxda zo‘ravon fermer qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Trend

Viloyatning Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘ida yashovchi “Berdiboy-Bo‘riboy” fermer xo‘jaligi raisi Mustafo Oltmishev fermer xo‘jaligi dala maydonida 1974-yilda tug‘ilgan B.Rajabovni urib-tepib, jarohat yetkazdi.

B.Rajabov kasalxonaga yotqizildi, M.Oltmishev ushlandi. Mojaro o‘zaro janjal oqibatida kelib chiqqani bildirilmoqda.


Report Page