Uz

Uz

@uzbekistanofficial

Kaliforniyadagi ko‘chki qurbonlari soni 19 kishiga yetdi

AQShning Kaliforniya shtati janubida yuz bergan ko‘chki oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “MK.ru”.

Foto: “Report.az”

Besh kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Qidiruv operatsiyasi besh kundan beri davom etmoqda, jarayonga ikki mingga yaqin kishi jalb etilgan.

Sinoptiklar shtat janubida keyingi haftada ham kuchli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli borligini, bu esa yangi ko‘chkini keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Avvalroq, Kaliforniyada kzuatilayotgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 18 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Report Page