Uz

Uz

@uzbekistanofficial

Qozog‘istondagi shaharlardan birida qora qor yog‘di

Qozog‘istonning Temirtau shahrida 5-yanvar kuni qora rangli qor yog‘di. Fuqarolarning shikoyatlaridan so‘ng Qarag‘anda viloyati hokimiyati noodatiy hodisa sababini aniqlashni havoni zararlovchi korxonalarni tekshirishdan boshladi. Bu haqda EADaily xabar berdi.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, atrof-muhitga chiqarilayotgan chiqindilarning miqdori belgilangan me’yordan oshib ketgan va tabiat bilan bog’liq tadbirlar rejasi bajarilmagan. Atrof-muhitga yetkazilgan zarar 1,4 million dollarni tashkil qilgan.

Xabar berilishicha, qor korxonalar chiqindilari, avtomobillar va isitish pechlari tutunlari sababli qoraygan. Butun dekabr oyi davomida saqlanib turgan past tezlikdagi shamol ayni paytdagi vaziyatni yuzaga keltirgan.


Report Page