Tush

Tush

Tentak

Bog'da


Tushlik payti... bog'da bir o'zim belkurak bilan dardlashib turgan payt. Sen qo'lingda tugun bilan uzoqdan ko'rina boshlading. Men ham hozirlanib, daraxtlar soyasidagi so'ri tomon yurdim. O'sha yerda ro'baro keldik

- Keldingmi?

- Keldim.

- Ovqatni kim qildi?

- Men.

- :-( Bir gap bo'lar. Yeyaveraylikchi...

- :-( (qovog'ingni uyding). Kechiktirmay opkeganimga jon deng tushundizmi?!

- Tushunmadim, tushuntirasanmi?

- Boring, jinni!

- Men borayman. Sen kel.  

Choy quyib uzatding. Qanchalar hayajonli va ehtirosli daqiqalar...

- Kechagi choyingdanmasmi?

- Yo'q. U kecha tugagan.

- Ajab bo'ptiya. Tugagan bo'lsa hursandman!

- Ovqatdan oling!


Lekin meni hayolim ovqatda emasdi (ochig'i o'zi nima ovqatliginiyam bilmadim. Xididan aniqlashning imkoni yo'q. Sababi tushga xidi kirmas ekan). Hayolim choy quyib uzatayotganda ibo va nafosatga burkangan "Pari"da edi. Uning mayin bahor shabbodasida o'ynoqlayotgan shoyi ro'moli, ustiga yarashib turgan atlasmidi, adrasmi ko'pam farqiga bormaymanu, kelinchak ko'ylagi va kamzuli o'zgacha ko'rinar edi ko'zimga. Sochlarini oxista silkitayotgan shabboda bir tomondan unga boshqacha go'zallik baxsh etsa, bir tomondan rashkimni keltirardi. Albatta bu "Shirintoy"ni shabbodadan rashk qilmay bo'ladimi?! Axir o'zimdan ham qizg'onadigan qirmizi yuzlarni qurg'ur shabboda oxista silar edi. 

Sabrim chidamadi. Ishqim jo'shib o'rnimdan turdim-da, bir urinishda "Pari"ni belidan quchib o'zimga, daraxt soyasiga tortdim. Bag'rimga mahkam bosib, g'uncha lablariyu qirmizi yuzlaridan bo'sa ola boshladim. Bo'saning tafti shunchalar qaynoqki, uning titroq lablaridan olov bo'lib chiqib mening yuragimga o't yoqardi. 


- Tishlamang jinni!

- Tushundizmi deganing uchun!

- E boringe, ko'rib qolishadiyu tentak!

- Bu yer ochiq dala-ku.

- Baribiram. Uyda...

- Uydaginisi alohida!


Shu payt badbaxt telefon jiringladi. Tushdami yo o'ngda?!

O'ngimda ekan. :-|

Yaramas kim ekan?!

 

...7027. Hm. Yaramas Sherzod! Topgan vaqtini qarelar. 

Bunaqa tush ko'rishimni bilsam telefonimni o'chirib yotardim.

Report Page