Tor

Tor

Marvel Uzbekistan

Tor Odinson

To'liq ismi: Tor Odinson.


Tomoni: Yaxshilik

Boshqa ismlari: Donald Bleyk, Djeyk Olson, Erik Masterson, Zigmund Zigfrid Odinson

Bo'yi: 198 sm
Og'irligi: 290 kg

Debyuti: 1962-yil 82-sonli "Sirlar olamiga sayohat" grafik romani(komiks).
Tarixi: skandinav-german afsonalarida birinchi martta aytib o'tilgan.
Yaratuvchilar: Sten Li, Larri Liber, Jek Kerbi.

Ko'rinishi: Odamsimon.
Yashash joyi va irqi: Asgard, asgardlik.

Oilasi: Odin-otasi; Loki, Atum - ukasi; Friga, Geeya - onasi; Hela - opasi*
(Hela faqat kinoda Torning opasi hisoblanadi, aslida esa Hela Lokining qizi); Zevs - jiyani.

Jamoalari: Qasoskorlar (Мстители), Vaqt Korpusi(Корпус времени), Olamlar ligasi(Лига миров), Tor korpusi(Корпус Тора)

Hamkasblari: Halk, Hogun, Volshtag, Sif, Valkiriya, Bryus Benner, Tony Stark, Kapitan Amerika(Stiv Rodjers), Betta-Rey-Bill, Korg, Mik, Gerkules, Doktor Strendj va boshqalar.

Asosiy dushmanlari: Loki, Surtur, Atum, Muz gigantlari, Mefisto, Dormammu, Umar, Jaggernaut, Ralk(Qizil Halk), Altron, Elflar, Malekit, Zevs, Kurs va boshqalar.

                              Asosiy qobiliyatlari
•Tezlik
•Chidamlilik
•Bardoshlilik
•Chaqqonlik
•Har qanday zaharga qarshi immunitet
•Regeneratsiya
•Reinkarnatsiya(Qayta tug'ilish)
•Uzoqlashtirilgan umr
•Sekinlashtirilgan qarish
•Ob-havoni boshqarish
•Uchish
•Chaqmoq chaqirish

Qurollari

•Myolnir- uchish, vaqtni o'zgartira olish, teleportatsiya, ko'rinmaydigan va tegilmaydigan bo'la olish, kuch maydonlari yaratish, kosmik energiyani boshqarish va yutish, haqiqatni o'zgartirish, ob-havoni o'zgartirish va kuchli zarbalar berish kabi qobiliyatlarni beradi.
•Shtormbreyker
•Megingyord belbog'i(Пояс Мегингёрд)- Torning kuchini 5 martta oshiradigan sehrli artefakt.

                         Hayoti

Odin - Asgard qiroli, Asgardlik va Midgardlik farzand ko'rishni orzu qilardi. Shuning uchun bu ishda Yer mabudasi Geyadan yordam so'radi. Geya kichik bir norveg g'orida Torni tug'di. Odin bolani o'zi bilan, uni o'stirish uchun Asgardga olib ketdi. U Torni xotini Frigg bilan katta qildi.
Tor ukasi, Odinning asrab o'gli Loki bilan katta bo'ldi. Ammo Loki akasiga har doim hasad qilardi.

Loki rolini Tom Hiddlston o'ynaydi

Tor boshqalar orasida ajralib turardi, shuning uchun u o'g'liga 8 yoshida Myolnirni sovg'a qildi. Lekin, uni olishga ruxsat bermadi, chunki u sehrli bo'lgani tufayli, faqat ba'zi bir insonlar ko'tara olardi. Tor Myolnirni olishidan oldin unga loyiq ekanini ko'rsatishi kerak edi. Shuning uchun Tor 8 yil davomida tayyorlanib 16 yoshida Myolnirni qo'lga kiritdi.
Tor Marvel studiyasi tomonidan o'ylab topilmagani uchun , u nafaqat Marvel balki DC yoki umuman boshqa komikslarda va turli xil afsonalarda, filmlarda, kitoblarda yoki o'yinlarda uchratish mumkin. Ammo eng mashxur va eng kuchli Tor, biz uchun Marvel Studios ning versiyasi hisoblanadi.



Myolnir

Filmlarda bizga Myolnirni faqat Tor, Vision va Kapitan Amerika ko'tara olgan. Ammo komikslarda esa judayam ko'pchilik uni ko'tara olgan. Masalan Trog nomli qurbaqa, Beta Rey Bill nomli qush. Uni ko'tarish uchun munosib bo'lish kerak deyiladi komikslarda. Ammo tortishish kuchi, gravitatsiya yo'q joyda ko'tarilsa yoki texnikalar, masalan Altron yoki uning askarlari ko'tarishi mumkin. Chunki, texnika munosib bo'la olmaydi. Yana shuni aytish kerakki, Myolnirni ko'targan odam Torning kuchiga ega bo'ladi. Bu holatni biz Qasoskorlar 4 filmida ko'rdik. Myolnir aslida Odinning buyrug'iga asosan gnom Eytri tomonidan yaratilgan edi.

Avtor @Fonzo1359

Keyingi qahramon Kapitan Amerika/Stiv Rodjers

Report Page