Til o'rganish nima uchun muhim?

Til o'rganish nima uchun muhim?

"Buxoriy" o'quv markazi

Hozirgi kunda globallashgan dunyoda til o'rganishni juda ko'p foydali tomonlar mavjud. Bu nafaqat sayohat qilishda yordam beradi, balki umuman o'qish va chet elda biror bir ish bilan shug'ullanish uchun ham katta imkoniyatdir. Ikkinchi tilni bilish har qanday yoshda har xil aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishga imkon beradi.

Chet tili bu yangi murakkab qoidalar, tuzilmalar va leksikalar tizimidir. Yangi tilni o'rganish sizning miyangiz murakkabliklarni yengishi kerak degan ma'noni anglatadi, chunki u yangi ma'lumotlarni o'zlashtiradi.

Xotirani ishlatish yoki butunlay yo'qotish kerak. Siz bu iborani necha marta eshitgansiz? Bu oddiy haqiqat - miya qanchalik ko'p ishlatilsa, uning funksiyalari yaxshi ishlaydi. Yangi til nafaqat so'z boyligi va qoidalari bilan tanishishni, balki ushbu bilimlarni eslab qolishni va qo'llashni ham talab qiladi. Til o'rganish sizning xotirangizni yaxshi ishlashga imkon beradi. Bu shuni anglatadiki, ko'p tilli odamlar ko'proq mashq qiladigan va ismlar, yo'nalishlar, faktlar va raqamlarni tezda eslab qolish qobiliyatiga ega bo'ladi.

Ko'p vazifani bajarish unga odatlanmagan yoki yoqtirmaydiganlar uchun juda og'irdir. Turli xil tillarda fikr yuritish va biridan boshqasiga o'tish qobiliyatini rivojlantirgan odamlar stress darajasini pasaytirib ancha yaxshi holatga ega bo'lishadi.

Ispaniyaning Pompeu Fabra universitetidan olib borilgan tadqiqotlarda, ko'p tilli odamlar o'z atrofidagilarni yaxshi bilishadi. Ular ahamiyatsiz yoki bekorchi bo'lgan narsalarga vaqt sarflashmaydilar. Ularni noto'g'ri ma'lumotdan ehtiyot bo'lish darajasi yuqori bo'ladi. Sherlok Xolms va Gerkule Poirot singari mashhur, xayoliy detektiv personajlar mohir tilshunos bo'lganlar.

Chikago universiteti tadqiqotiga ko'ra, qaror qabul qilish qobiliyati ko'p tilli odamlar uchun osonroq jarayonga aylanadi. Amaliyot natijasi shuni ko'rsatdiki, ko'p tilli odamlar o'zlarining qarorlarini tanlashga ko'proq ishonadilar!

Yangi tilni o'rganish sizni o'zingizning tilingiz haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishga undaydi. Lug'at, grammatika, tushunish va jumlalar tuzilishi kabi atamalar kundalik iboralarga aylanadi.

Tilni o'rganish ijtimoiy o'zaro ta'sirni yaxshilash va tengdoshlar o'rtasidagi aloqani mustahkamlash bilan birga, aqliy moslashuvchanlik, ko'p fikrli, tinglash va muammolarni hal qilish kabi kuchli bilim qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Keyingi tilingiz qanday?



Report Page