Test

Test


♻️ Hopsda kichik o'zgarishlar

⚠️ Asosiy o'zgarish buglar va ularning tuzalgani. Yangiliklar deyarli qilinmadi.

👨‍✈️ Adminlar uchun:

Guruh a'zolari haqidagi ma'lumot biroz ixchamlashdi:
🔹 Cheklov olgan a'zo uchun cheklov muddati ko'rsatiladi;
🔹 Sertifikat haqidagi ma'lumotlarda agar sertifikat olinmagan bo'lsa, qolgan qismlar (test natijalari) ko'rsatilmaydi.

👨‍💻 A'zolar uchun:

🔹 C
omments buyrug'i berilganda qaytariluvchi javobda ayrim sahifalar bir necha marta takrorlanib qolishi tuzatildi. Agar sizda haliyam shu muammo bo'lsa, biror yozgan kodingizga javoban izoh qoldiring, Hops hammasini to'g'rilab qo'yadi;
🔹 Comments buyrug'i berilganda sahifada jami kodlar soni alohida ajratib ko'rsatiladi;
🔹 Kod uchun cheklovlardagi jiddiy bir xatolik tuzatildi. Yangi kod yozilganda limit qisqarib boradi, lekin ertasi kuni yana kod yozilganda eski limit bo'yicha hisoblab ketilar edi. Ya'ni bugun sizda 3 ta limit qolgan bo'lsa, ertaga aynan shu 3 ta limitligicha hisoblanardi. Endi keyingi sanaga o'tilganda limitlar soni maksimal qiymatiga qaytarib keyin hisoblanadi (maksimal qiymat bu siz bir kunda jo'natishingiz mumkin bo'lgan kodlar soni).

🚨 Taqiqlangan mavzuni aniqlovchi filter yanayam kuchaytirildi, sergaklikni yanayam oshiramiz.

Report Page