Yerni sirli hodisalar makoniga aylantiruvchi 9 voqea

Yerni sirli hodisalar makoniga aylantiruvchi 9 voqea

s_corp

Ushbu maqolada 9 ta eng sirli hodisa va jumboqlar haqida gaplashamiz. Maroqli mutoala tilayman 📖📖📖

Ba`zan shunday hodisalar ro`y beradi-ki, unga olimlar ham javob topolmaydi. Millionlab odamlar esa bunday tabiat hodisalarining sababini bilish uchun hamma narsaga tayyor bo`ladi.

Quyida sizni hech kim echolmagan jumboqlarning 9 tasi bilan tanishtiramiz.


“Wow!” signali

“Wow!” signali yoki rasman tarjima qilinsa, “O`h-ho`!”, deb ataluvchi radiosignal 1977 y ilda SETI loyihasi doirasida (loyihaning umumiy nomi erdan tashqarida bo`lgan sivilizasiyalarni qidirish bo`lgan) Jerri Eyman (Jerry R.Ehman) tomonidan o`ylab topilgan.

Olim ramzlarni qizil qalam bilan belgilab, signal tavsifi o`zi kutgan erdan tashqari sivilizasiya nazariy signaliga mos tushganidan hayratlanib, ularning yoniga “Wow!” deb yozib qo`ygan. Afsuski, bu signal boshqa qaytarilmagan. Astronomlarning taxmin qilishicha, signalning manbai 266P/Christensen va P/2008 Y2 kometasi yadrosi atrofidagi vodorod bo`lgan. Ammo bu taxmin ham qayta tekshiruvga muhtoj.


Daladagi doiralar

O`simliklar o`sib yotgan dalada turli-tuman shakllarning paydo bo`lishi ham hech kim tagiga etolmagan sirli hodisalardan biridir. Bu suratlar shu darajada aniqlik bilan chizilganki, ular butun boshli piktogrammalarni eslatadi. Bunday doiralar haqida butun er yuzi bo`ylab 9000 marotaba xabar berilgan bo`lib, ularning 90 foizi Angliyaga to`g`ri keladi.

1991 yilda britaniyalik Deyv Chorli (DaveChorley) va Dag Bauer (DougBower)lar arqon va tayoqlar yordamida yuzlab shunday doiralarni yaratganliklarini tan olgan. Hozirda ularning izdoshlari ko`paygan. Bu gaplardan keyin jumboq echilgandek tuyuladi, ammo bunday doiralar XIX asrda ham paydo bo`lganiga nima deysiz? Masalan, sirli doiralar haqida 1678 yilda chop etilgan “O`roqchi shayton” ingliz risolasida rasman aytib o`tilgan.

Doiraga o`xshash shakllarni quyun ham yuzaga keltiradi, degan taxminlar mavjud. Buyuk Britaniyaning qir-adirli hududlarida bunday kuchli quyunlar tez-tez bo`lib turadi.


“Mariya Selesta” kemasining izsiz yo`qolgan ekipaji

1872 yilda Gibraltar bo`g`ozidan 400 milya uzoqlikda bortida biror inson bo`lmagan elkanli kema topilgan. Kemadagi buyumlarga, oziq-ovqat mahsulotlariga, suvga hech kim qo`l tekkizmagan. Asosiy taxminga ko`ra, fojiaga bochkalardagi spirtning nogermetikligi sabab bo`lib, ular yopiq tryumda portlab ketgan. Kema kapitani navbatdagi portlashdan xavfsirab, ekipaj a`zolariga kemaga qalin arqonlar yordamida bog`langan qayiqlarga o`tirib, bexavotir joyga suzib borishni buyurgan. Qayiqlarning dengizga tushirilishi, ekipaj a`zolarining kemani tark etishi sarosima va vahimaga sabab bo`lgan. Hamma qayiqlarga o`tirgach, ko`tarilgan bo`ron kema va qayiqlarni bog`lab turgan arqonlarni uzib, ularning odamlar bilan birga g`arq bo`lishiga sabab bo`lgan.


Roanok koloniyasining yo`qolishi

Qirolicha Elizavete I ning tashabbusi bilan ilk marotaba Shimoliy Amerikada , surgun qilingan inglizlar makoni — Roanok koloniyasi vujudga kelgan edi. Unda taxminan 90 nafar erkak, 17 ta ayol va 11 ta bola bo`lgan.

Mazkur koloniya daraxtga “kroatoan” deb yozgancha izsiz yo`qolgan. “Kroatoan” bir paytlar shu erda yashab o`tgan hindular qabilasining nomidir.

Eng mantiqiy taxminlarga ko`ra, koloniyadagilar aborigenlar bilan tanishib qolgan. Ular qanday qilib, yovvoyi tabiat qo`ynida jon saqlash sirlarini yaxshi bilgani uchun koloniyachilar ularga ergashib ketgan. Boshqa taxminga ko`ra, koloniyadagilarni mahalliy qabilalar yoki ispanlar asirga olgan.


Tungus meteoritining tushishi

1908 yilning 30 iyunida Markaziy Sibir osmoni uzra olovli jism uchib o`tgan. Uni ko`pchilik qishloq aholisi ko`rishga muvaffaq bo`lgan va momoqaldiroqqa o`xshash ovozni eshitgan. Keyin kuchli portlash yuz bergan. Portlash to`lqinini butun Er yuzidagi rasadxonalar qayd etgan. 2000 kv.maydondagi daraxtlar qulagan, portlash markazidan bir necha yuz kilometr uzoqlikdagi uylarning derazalari singan.

Voqea yuz berishidan uch kun ilgari Evropa va Sibir osmonida g`alati atmosfera hodisalari sodir bo`lgan. Osmonda kumushsimon bulutlar va yorqin shafaq paydo bo`lgan. Ammo birorta ekspedisiya meteorit qoldiqlarini topmagan.

Asosiy taxminga ko`ra, Er muz meteoriti yoki atmosferada parchalanib ketgan, muzdan tashkil topgan yadroli kometa bilan to`qnashgan. Qiziqarli taxminlardan yana birida, bu Teslaning simsiz elektroenergiya uzatish bo`yicha tadqiqoti bo`lganligi aytib o`tilgan.


Maykl Boutrayt boshdan kechirgan g`alati hodisa

2013 yilda 61 yoshli floridalik Maykl Boutrayt (MichaelBoatwright) hushsiz holda topilgan. Uning yonidagi hujjatlar shaxsini tasdiqlaganiga qaramay, u ko`zini ochganda ko`zgudagi aksini tanimagan va shved tilida gapirib, o`zini shvesiyalik Yoxan Ek deb tanishtirgan. Maykl Boutrayt xotirasini yo`qotib, ona tili bo`lmish ingliz tilida gapirishni yoddan chiqargan.

Hech kim Mayklga ishonmagan, uni ingliz tilida gapirtirishga harakat qilishgan. Bir paytlar shvedchadan biroz xabari bo`lgan Mayl amneziyadan keyin bu tilda to`liq gapirgan.

Boutraytning holati tibbiyotda dissosiativ fuga, ya`ni insonning o`zi haqidagi ma`lumotlarni, hattoki ismini ham batamom unutish kasalligi, deb ataladi. Mazkur kasallikka chalingan bemorlar yashash joyini, ism-shariflarini o`zgartirishlari, tarjimai hollarini unutishlari va kasallikka chalinganliklarini bilmasliklari mumkin. Kasallik ruhiy jarohat tufayli yuzaga keladi. Bu dard himoya xususiyatiga ega bo`lib, bemorni barcha muammolaridan xalos etadi. Ammo shunday, deb taxmin qiladigan bo`lsak, Maykl qanday qilib, shved tilida mukammal darajada gaplashishni o`rgandi?


Vashington ot o`yini

1952 yilning 19 iyulidagi Vashington aeroporti radari osmonda paydo bo`lgan 7 nafar noma`lum uchar jismni rasman qayd etdi. Bu noma`lum uchar jismlar soatiga 2000 kilometr tezlikda harakat qilgan. AQSh hukumati ularni tutish uchun qiruvchi samolyotlarni yuborgan. Ammo ularning yaqinlashganini ko`rgan “uchar likopchalar” yashirinishga muvaffaq bo`lgan, ammo samolyotlar ketgach, yana paydo bo`lgan. Vashington aeroporti osmonida uchgan bu noma`lum uchar jismlar haqiqatan ham “uchar likopcha”lar bo`lganmi yoki biror davlatning maxfiy uchuvchi qurilmasi bo`lganmi, degan savol hozirgacha olimlar va harbiylar uchun jumboqligacha qolmoqda.


Patomskiy kraterining topilishi

Mazkur krater 1949 yilda Sibirda topilgan. Mahalliy aholi uni “Olovli burgut uyasi” , deb ataydi. U tashqi tomonidan va hajmiga ko`ra, meteorit zarbasi oqibatida paydo bo`lgan Oy kraterini eslatadi. Uning balandligi 40 kilometrdir.

Ayni paytda krater meteorit tufayli paydo bo`lgan, degan taxmin o`z tasdig`ini topmagan. Uning paydo bo`lishiga vulqon sabab bo`lgan deb taxmin qilinsa, lavaning izi ko`rinmaydi.


Dyatlov guruhining sirli o`limi

Bu insoniyat tarixidagi eng sirli va ko`p marotaba muhokama qilingan voqeadir. Hodisa sobiq Sho`ro tizimi davrida — 1959 yilda ro`y bergan. Unga halok bo`lgan guruh rahbari Dyatlovning nomi berilgan.

Bir necha tajribali sayyohlardan tashkil topgan guruh o`zi qurgan chodirni tilib, issiq kiyimsiz, yalangoyoq 1500 metr pastlikka tushib, halok bo`lgan. Guruhning bir necha a`zosi og`ir tan jarohati olgan.

Mazkur hodisa yuzasidan bir qancha taxminlar mavjud. Guruh a`zolarining halok bo`lishiga qor ko`chishi, maishiy janjal, maxfiy qurolning sinovdan o`tkazilishi, mahalliy aholi bilan bo`lgan nizo, hattoki davlat xavfsizlik xizmatining aralashuvi ham sabab qilib ko`rsatilgan. Ularning birortasi dalillarga mos kelmaydi.

“Adme.ru” nashri asosida "SIRLI OLAM" kanali uchun maxsus: @s_world_uz

Report Page