Terrorizm

Terrorizm

🌐OLTIARIQ_TV

«Al-Qoida» yetakchisi asirga olindi


Al Arabia

Liviya qurolli kuchlari «Al-Qoida» terrorchilik guruhi yetakchilaridan biri Abu Safyon bin Kamuni asirga olishdi. Bu haqda Al-Arabiya harbiy manbalarga asosan xabar qilmoqda.

Ekstremist Derna shahridagi amaliyot vaqtida ushlangan. Ta`kidlanishicha, u rahbarlik qilgan guruhda o'q-dorilar tugab qolgan, bu ularga qarshi hujum qilish uchun imkon berdi.

59 yoshli bin Kamu - «Al-Qoida»ning eng yuqori mansabli yetakchilaridan biri. U Liviyadan 1980-yillarda ketgan bo'lib, Sudanda Osama bin Lodinning shaxsiy haydovchisi bo'lgan. Uni AQSh harbiylari qo'lga olishgan va Guantanamo qamoqxonasiga joylashtirishgan, 2007 yilda esa Liviyaga ekstraditsiya qilindi. Bu davlatda ham u qamoqda edi.

2011 yilda terrorchi qamoqxonadan qochishga muvaffaq bo'lgan va Dernada ekstremistik guruhga asos solgandi.


Report Page