Telegraph

Telegraph

Baxshilloyeva Sadoqat Umarovna

Biz mashhur shoirlarni bilamiz. Ularning ijodini o'rganamiz. Ayniqsa biz bilan zamondosh bo'lgan shoirlarning she'rlarini o'zgacha zavq bilan o'qiymiz. Shunday shoirlardan biri o'z hududingdan bo'lgani ham insonga o'zgacha g'urur va iftixor tuyg'ularini ulashar ekan.

Bugun Buxoro viloyat Kogon tuman 16- maktabda zamonaviy o'zbek she'riyati vakili, ustoz shoir asl Kogon farzandi Sulaymon Shodiyev va maktab o'quvchilari bilan badiiy, adabiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda ustoz shoir Sulaymon Shodiyev haqida, ustozning ijodiy ishlari haqida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishdi.

Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'quvchilarda ulkan taassurot qoldirib, qalbida o'z yurtidan, vatanidan cheksiz faxr va g'ururga to'lish tuyg'ularini mujassam etadi. 2022-yil 25-yanvar Baxshilloyeva Sadoqat Umarovna


Report Page