Telegram

Telegram


Telegram — tezkor xabar almashish vositasi. Foydalanuvchilar matn xabarlashuvdan tashqari bir-birlariga 2 GB gacha boʻlgan tasvirvideoaudio va har xil fayllar yuborishlari hamda ovozli va video qoʻngʻiroqlarni amalga oshirishlari, kanal va guruhlarda ovozli chatlarda qatnashishlari mumkin.

Dastur GoogleAndroidApple iOSMicrosoft WindowsBlackberryMacOSLinux va Windows Phone uchun mavjud.

Telegram foydalanuvchilari oʻz mobil telefon raqamlari orqali roʻyxatdan oʻtadilar. „Telegram“ loyihasi Pavel Durov tomonidan oʻylab topilgan.

Tarixi[tahrir]

Telegram 2013-yilda aka-uka Nikolay va Pavel Durovlar tomonidan ishlab chiqilgan. 2013-yilning oktabr oyida Telegramda kunlik 100,000 foydalanuvchi bor edi. 2014-yil 24-martda esa Telegram oʻzida 35 million oylik va 15 million kunlik foydalanuvchisi borligini eʼlon qildi.[manba kerak] 2014-yil dekabr oyida Telegram kunlik 1 milliard xabar yuboradigan 50 million foydalanuvchisi borligini va auditoriyasi haftasiga bir millionga koʻpayayotganini eʼlon qildi.

2018-yil martida Telegram 200 millionlik oylik faol foydalanuvchiga erishdi. O'tgan yili, 2020-yil aprel oyida 400 million faol foydalanuvchiga erishganligini maʼlum qildi. 2021-yil yanvar oyi esa bu ko'rsatkich 500 milliondan oshdi.

2013-yil 14-avgustda iOS kompaniyasi Apple foydalanuvchilariga „Telegram“ dasturini taqdim qildi. Shu yili 22-avgustda esa Android foydalanuvchilari bu dasturda foydalana boshlashdi.

Telegram dasturi MTProto protokoli asosida ishlaydi.


Report Page