Telefon

Telefon

🌐OLTIARIQ_TV

Xitoyda tugmalar va SIM-karta o‘rnisiz birinchi smartfon namoyish etildi

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Xitoyda Meizu kompaniyasi Zero deb nomlangan mutlaqo dinamik, tugmalarsiz va hech qanday SIM-karta o‘rni bo‘lmagan yangi smartfon namoyish etdi. Bu haqda “Hi-tech.mail.ru” xabar berdi.

Unda tugmalar o‘rnini sensor panel egallagan. Dinamiklar o‘rniga esa displey ostida pyezoelektrik qayta ishlab beruvchi qurilma o‘rnatilgan.

Meizu Zero smartfonida hech qanaqa USB-port yo‘qligi uchun unga 18 vattgacha (Huawei — 15 Vt, boshqa smartfonlar esa 10 Vt quvvatlanadi) yuqori tezlikda simsiz quvvatlash texnologiyasi tatbiq etilgan.

Ushbu smartfon 5,99 dyumli OLED-displeyga ega bo‘lib unda barmoq izlari skaneri ham joylashgan. Smartfonda SIM-karta qo‘yiladigan joy yo‘q – uning o‘rniga eSIM texnologiyasi qo‘llangan

Ayrim sabablarga ko‘ra “kelajak smartfoni” bo‘lgan Meizu Zero hozircha o‘tgan yilgi Snapdragon 845 protsessori bazasida ishlaydi.

Report Page