SIRDARYODA YANGI YIL 

SIRDARYODA YANGI YIL 

@Sirdaryo
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram

Inson hayoti mobaynida turli hodisalarni, yaxshi kunlarni va nurafshon lahzalarni kutib yashaydi. Ana shunday lahzalarga boy bo'lgan Yangi yil bayrami ham o'zgacha kayfiyat va o'zgacha quvonchlarga boy, insonni shodliklar, sirli sovg'alar va sururli damlar sari yetaklovchi bayramdir.

Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram

Joriy yil ham ushbu bayramni Vatanimiz, samimiy xalqimiz yuqori kayfiyat bilan kutib olmoqda, shijoat va saxovat bilan nishonlamoqda. O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi hamda uning qoshidagi "Kamalak" bolalar tashkiloti tomonidan Guliston Davlat Universitetida 500 ga yaqin bolajonlarni hamda yaqinda o'tkazilgan "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyoti festivalining viloyat bosqichi g'oliblarini qamrab olgan holda, ertak qahramonlaridan tortib, qaroqchi-yu, yalmog'iz, qorbobo-yu, qorqiz ishtirok etgan sahnalashtirilgan ertak ko'rinishida "Kamalakdan yangi yil" loyihasi tashkil qilindi. Loyiha mobaynida bolajonlarning ertak qahramonlariga hayrat, g'oliblik statuetkasi va diplomi bilan taqdirlangan iste'dodli tengdoshlariga havas ko'zida boqishgani va zavq-u, shavqqa to'lib tomosha qilganligi tashkilotchilarning yuksak tayyorgarlik mevasidir.

Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram

Tadbirda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi Shavkat Zayniddinov nutq so'zladi. 

 -Yoshlar ittifoqi bolalarni, siz uka-singillarimiz, shirindan shakar farzandlarimizni sevadi. Siz hayotimizning va ittifoqning ertangi kunda eng faol bo'ladigan yoshlarisiz. Barchangizni huddi bugun taqdirlangan bolajonlar-u, tuman, shahar, viloyat sardorlaridek faol bo'lishga chorlayman.  

Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram

Shundan so'ng, festival g'oliblari diplom bilan taqdirlandilar. Viloyat "Kamalak" bolalar tashkiloti hamda Sardorlar Kengashining tashabbusi bilan, yil yakuniga bag'ishlab turli nominatsiyalar bo'yicha g'oliblar aniqlandi. Unga ko'ra, ona Sirdaryoda "Yilning eng namunali Sardorlar Kengashi" deya Oqoltin tumani sardorlari, "Yilning eng faol Ittifoq sardori" deya Guliston tumani Ittifoq sardori Temurmalik Hamidov, "Yilning eng faol Kamalak sardori" deya Yangiyer shahar "Kamalak" sardori Zebo Haydarova, "Yilning eng faol "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi" sifatida Mirzaobod tumani "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi Hilola Nazarbekovalar e'tirof qilindi. Tashkil qilingan "Kamalakdan yangi yil" loyihasi chin ma'noda bolajonlarning shodliklariga ulanib ketdi. 

Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram

- BUGUN mening hayotimda eng baxtli kun. Sababi, mening faoliyatimni yuqori baholab, viloyat sardorlari tomonidan "Yilning eng faol Kamalak sardori" deya taqdirlanganim, nafaqat men, balki butun Yangiyer shahridagi "Kamalak" sardorlarining yutuqlaridir. Chindan ham biz o'zbek yoshlari, bolalarni baxtli farzandlarimiz, deydi Yangiyer shahar "Kamalak" sardori Zebo Haydarova. 

Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram
Foto: Anvar Tuychiyev / Telegram

Loyiha yuqori kayfiyatda, Yuksak tayyorgarlikning mevasi bilan tashkil qilindi. O'ylaymizki, huddi g'aroyib loyiha kabi, Yangi 2019-yil ham Sirdaryo yoshlari uchun baxt va quvonch olib keladi. Zero, bugun Sirdaryolik sardorlar-u, bolajonlar "Vatan, do'stlik va baxtli bolalik uchun" degan ezgu shior bilan yashashmoqda.

Anvar Tuychiyev,

O'zbekiston yoshlar ittifoqi
Sirdaryo viloyat Kengashi
Matbuot xizmati

Report Page