Guliston tumanida “SAVODXONLIK BAYRAMI” o'tkazildi.

Guliston tumanida “SAVODXONLIK BAYRAMI” o'tkazildi.

@Sirdaryo
Foto: S.Sherbekova / Telegram

Guliston tumani 13-umumiy o’rta ta’lim maktabida 1-sinf o’quvchilarining “Savodxonlik bayrami” bo’lib o’tdi.

Foto: S.Sherbekova / Telegram
Foto: S.Sherbekova / Telegram

Bayram juda chiroyli va ko’tarinki ruhda, olqishlar qurshovida bo’ldi. 1-sinf o’qituvchisi Ma’rufboyeva Xalima Sattorovna o’quvchilarning ota-onalarida esda qolarli ta’surot qoldiradigan bayram tadbirini tayyorlab namoyish qildilar.

Foto: S.Sherbekova / Telegram
Foto: S.Sherbekova / Telegram
Foto: S.Sherbekova / Telegram

Tadbirda har bir jajji o’quvchilarga sinf rahbarining faxriy yorlig’i va estalik uchun ertak kitobchalar sovg’a qilindi. Bayramda o’quvchilar tomonidan she’rlar o’qildi, qo’shiqlar kuylandi, raqslar ijro etildi, sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Foto: S.Sherbekova / Telegram

Bolajonlarning maktabdagi ilk bayrami Yangi yil bayramiga ulanib ketti. Bayramga qorbobo  tashrif buyurib bolajonlarni “Savodxonlik bayrami” va “Yangi yil” bayrami bilan qutlab, ularga o’z sovg’alarini ulashdi.

Foto: S.Sherbekova / Telegram
Foto: S.Sherbekova / Telegram

Buundan tashqari maktabdagi Yoshlar ittifoqi BTdan ham bolajonlarga bayram shirinliklari ulashildi. Bayram so’ngida eng namunali o’quvchilarning ota-onalari maktab ma’muriyati va sinf raxbari tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.

Report Page