Sirdaryolik ilk "chempion!"

Sirdaryolik ilk "chempion!"

@Sirdaryo
Foto: "I Can" o‘quv markazi

Poytaxtimizda 17-avgust kuni oʻtlazilgan MENTAL ARIFMETIKA bo'yicha Respublika olimpiadasida ishtirok etgan Sirdaryolik yoshlar faxrli o'rin bilan qaytishdi.

Ushbu olimpiadada 12 ta viloyat Toshkent shahri va Qoraqalpog'iston Respublikasidan jami 700 nafar ishtirokchi qatnashdi. Viloyatimizda ilk bor Mental arifmetika kursini ochgan "I CAN" o'quv markazi NTM o'quvchilari BOTIROVA PARIZODA Jasur qizi, ZOIRJONOV MIRZOULUG' Zafar oʻgʻli va RASULOV AZIZBEK Anvar oʻgʻli ishtirok etishdi.

Foto: "I Can" o‘quv markazi

Men I Can oʻquv markazida oʻqishni boshlaganimga 5 oy boʻldi. Dastlab musobaqada ishtirok etish huquqini olish uchun ichki olimpiadada ham muvaffaqiyat qozondim. Ammo keyin juda hayajonlandim chunki bunday musobaqada hali Sirdaryoliklarni omadi kelmagandi. Ammo ustozim Sardor Abdusattorov va "I Can" jamoasini daldasi menga yordam berdi, uzoq oʻtkazilgan tayyorgarlik mashqlarim bekor ketmadi. Buning uchun "I Can" oʻquv markazidan minnatdorman.

Sizning reklamangiz uchun joy!

Ushbu aql musobaqasida Botirova Parizoda Jasur qizi "Abakus" da ishlash va "Hayolda" ishlash shartlarida ham raqiblariga mutlaqo imkoniyat qoldirmay 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Foto: "I Can" o‘quv markazi

Alohida taʼkidlash joizki bu Mental arifmetika olimpiadasida Sirdaryolik yoshlarni ilk gʻalabasidir.

Telegram: @ICANstudy

Report Page