Zamonaviy elektro qarmoqlarining fojiasi

Zamonaviy elektro qarmoqlarining fojiasi

@Sirdaryo
Foto: Sevara Musurmonova / Telegram

Elektr toki bilan baliq ovlash oqibatida suvdagi jonzotlar qirilib ketmoqda. Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga kuniga ko’plab turli mavzularda xatlar hamda aholining murojatlari kelib tushadi. Bugun ham shunday murojatlarning biriga quloq tutdik…

Hozirgi kunda Sayhunobod tumanida istiqomat qiluvchi Termen Husayinovning aytishicha elektro qarmoqlar avj olgan palla. Daryo va ko’llarda brakanerlar ekanligi gumonlanayotgan shaxslar baliqni dvijok orqali elektr toki yuborib ovlanayotganligini, suv yuzida o’nlab oq amur baliqdan tortib  to ilon baliqlar o’lib yotganligini ko’rish mumkin.  Baliq ovlovchilar shu darajada vaxshiylashgan-ki ular hatto barmoqdanda kichik baliqlarga ham rahm qilmaydilar.  Asli tarixi Xitoydan lirib kelayotgan ushbu qurulma  ayni vaqtda barcha baliqlar balki odamlar hayotiga ham xavf solyotgani achinarli holdir. Havaskor baliqchilardan bo’lmish murojatchining aytishicha tok yuborib ovlash so’ngi yillarda suv havzalarida avj olgan, oqibatda nafaqat baliqlar balki suv yuzasida o’ziqlanadigan laylaklar ham qirilib ketmoqda. Bolalikda laylaklar katta –katta ilon baliqlar-u kichik baqalarni tumshug’ida ilib ketyotganligini ko’rar edik. U baqalarni o’zi mayli, hozir ovozini ham ahyon-ahyon eshitmaysiz. Tut daraxtidan yasalgan oddiy qarmoqlarga kuniga 2 3 tadan sazan va boshqa baliqlar ilinar edi.hozir esa “Elektroudochka” degan balo bor. Shu bilan ovlash oxirgi paytda ommalishib ketdi. Tok elektro qarmoq yordamida zuvurga yuboriladi. Tok urulganda suv yuzasiga yuzlab baliqlar qalqib chiqadi. Brokanerlar baliqlarning faqat kattalarini terib oladi. Baholanki, tok yuborilgandan keyin 15 metr radiusda minglab kichik baliqlar qirilib ketadi,- deydi Termen Husayinov.

Sizning reklamangiz uchun joy!

Azal azaldan Suv - hayot manbai, suvda hayot bor deyilgan. Suvdagi jonzodlardan nafaqat insonlar balki butun hayvonot olami-yu, parrandalar oziqlanadi. Huquqbuzarlarni deb kuniga minglab kezi kelganda millionlab jonzotlar nobut bo’lyotgani achinarli holdir.

Zamonaviy elektro qarmoqlari o’zi nima? Elektro baliq ovlash vositasi - suvga elektr tokini yuborish orqali baliq tutadigan qurilma. Elektr bilan baliq ovlash elektrolitik deb ataladi. Yo'naltirilgan elektr tokining paydo bo'lishi natijasida moslama oralig'iga tushgan baliqlar tutqich tomon harakatlana boshlaydi.Tashqi tomondan, elektr baliq ovlash moslamasi, odatda, uzun tutqichdagi katta to'r bo'lib, simlar to'rning chetiga o'rnatilgan. Avtomobil akkumulyatori oqim manbai sifatida ishlatiladi, uning zaryadsizlanishi konvertor orqali amalga oshiriladi. Aslida bu faqatgina vaxshioylik bilan tutiladigan Baliq ovining o'zi.  2019 yil yanvar oyidan buyon reyd nazorat ish rejalari asosida  inspeksiya  inspektorlari tomonidan jami 153 ta qonunbuzarlikdan 42 ta noqonuniy baliq ovi bo’yicha 10643325 som jarima va 64164045 som da’vo qo’llanilgan.

Hurmati yurdoshlar agar shu yo’sinda befarqlikda davom etadigan bo’lsak, yaqin 10 yil ichida baliqlarni faqat rasmlarda ko’rishimiz mumkin. Agarda ushbu holatlarga guvoh bo’lsangiz  albatta bizga habar bering.

Sevara Musurmonova,

Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot kotibi

Report Page