Joriy yil 6 oyi mobaynida 4760 nafar shaxsning huquqlari tiklandi

Joriy yil 6 oyi mobaynida 4760 nafar shaxsning huquqlari tiklandi

@SirdaryoUZ
Foto: Viloyat prokuraturasi

Sirdaryo viloyati prokuraturasida viloyat prokurori Shoxrux Aminov raisligida qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2021-yilning 1-yarmidagi faoliyati yakunlari va kelgusidagi vazifalarni belgilash boʻyicha kengaytirilgan hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi.

Unda viloyat prokuraturasi va tuman, shahar prokuraturalarining barcha prokuror-tergov xodimlari, Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti hamda MIBning viloyat boshqarmasi boshliqlari ishtirok etishdi.

Viloyat prokuraturasi organlari tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida oʻtkazilgan tekshirishlar natijasiga koʻra 5 mingdan ortiq prokuror nazorati hujjatlarini qoʻllash orqali qonunbuzishlar bartaraf etilib, prokuror nazoratining taʼsirchanligi va samaradorligi 2020-yilning shu davriga nisbatan qariyb 2,5 baravarga oshgan. 

Prokuror tekshirishlari va jinoyat ishlari tergovi davomida yetkazilgan qariyb 36,5 mlrd. soʻmlik zarar ixtiyoriy undirilishi taʼminlanib, sudlarga 1 mlrd. soʻmdan ziyod zararni undirish toʻgʻrisida 144 ta daʼvo arizalari kiritildi, 4760 nafar yuridik va jismoniy shaxsning buzilgan huquqlari tiklandi.

Xodimlarning aralashuvi bilan faoliyatini tugatgan yoki vaqtincha toʻxtatgan tadbirkorlik subyektlaridan 199 tasining faoliyati qayta tiklandi.

Shu bilan birga, majlisda faoliyatda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, ularni bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik borasida aniq vazifalar belgilab olindi.

Hayʼat majlisida koʻrilgan maslalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Report Page