Axborot-kutubxona markazida ARM rahbarlari uchun seminar o'tkazildi.

Axborot-kutubxona markazida ARM rahbarlari uchun seminar o'tkazildi.

@Sirdaryo
Foto: Sirdaryo viloyat axborot-kutubxonasi markazi

5 iyul kuni Axborot-kutubxona markazida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida" 2019 yil 7 iyundagi PQ-4354-sonli qaroriga asosan ARM rahbarlari uchun seminar o'tkazildi.

Seminar ochilishida Sirdaryo viloyat axborot- kutubxonasi markazi direktori A. Baymatov so'zga chiqdi. Ilmiy-uslubiyat bo’limi bosh kutubxonachi N.Nazirova qaror mavzusi bo'yicha taqdimot tayyorlab seminar ishtirokchilariga taqdim etdi. Seminarda Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazi direktori o'rinbosari A.A. Abdurazakov, yurist maslahatchisi Usmonbekov Sh. o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Foto: Sirdaryo viloyat axborot-kutubxonasi markazi
Foto: Sirdaryo viloyat axborot-kutubxonasi markazi
Foto: Sirdaryo viloyat axborot-kutubxonasi markazi
Foto: Sirdaryo viloyat axborot-kutubxonasi markazi

Seminar ishtirokchilari ushbu Qarorning barcha maqsad va vazifalari bilan tanishdilar, 2019-2024 yillarda O'zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona sohasini rivojlantirish kontseptsiyasini muhokama etdilar.

Tadbir yakunida axborot-kutubxona markazi direktori A.Baymatov va yurist maslahatchisi Usmonbekov Sh. ishtirokchilarning barcha savollariga javob berdilar.

Sirdaryo viloyat axborot-kutubxonasi markazi

Report Page