Guliston tumanida "Baxtli bolalik" loyihasi doirasida tashkil etilgan bayram tadbiri bolajonlarga olam-olam zavq ulashdi.

Guliston tumanida "Baxtli bolalik" loyihasi doirasida tashkil etilgan bayram tadbiri bolajonlarga olam-olam zavq ulashdi.

Sirdaryo Xabarlari
Foto: Shuhratjon Hasanov / Telegram

Guliston tumanida 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan "Baxtli bolalik" loyihasi doirasida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston tuman Kengashi, tuman "Kamalak" bolalar tashkiloti, tumandagi hamkor tashkilotlar, tuman Sardorlar Kengashi a'zolari, faol yoshlar, tumandagi maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, tumanning turli yoshlaridagi bolajonlar hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Bayram tadbirini tuman hokimi o'rinbosari Olim Jo'rayev kirish so'zi bilan ochib, bolajonlarni bayram bilan samimiy tabrikladi. 

Foto: Shuhratjon Hasanov / Telegram
Foto: Shuhratjon Hasanov / Telegram

"Baxtli bolalik" loyihasi doirasida 7 ta bekat "Mushoira" bekati, "Sport va salomatlik" bekati, "Quvnoq shashka" bekati, "Quvnoq viktorina" bekati, "Ekologiya bolalar nigohida" rasmlar tanlovi bekati, "Yosh ixtirochilar" bekati, "Milliy xalq o'yinlari" bekati tashkil etildi.

Foto: Shuhratjon Hasanov / Telegram
Foto: Shuhratjon Hasanov / Telegram
Foto: Shuhratjon Hasanov / Telegram
Foto: Shuhratjon Hasanov / Telegram

Har bir bekat mahoratli yoshlar yetakchilari va sardorlar tomonidan a'lo darajada tashkil etilib, bekatlarda faol ishtirok etgan bolalarga faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

Foto: Shuhratjon Hasanov / Telegram
Foto: Shuhratjon Hasanov / Telegram

Shuningdek, bayram tadbirida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston tuman Kengashi va tuman "Kamalak" bolalar tashkiloti tomonidan bayram tadbiriga yig'ilgan barcha bolajonlarga muzqaymoqlar ulashildi.

Foto: Shuhratjon Hasanov / Telegram
Foto: Shuhratjon Hasanov / Telegram
Foto: Shuhratjon Hasanov / Telegram
Foto: Shuhratjon Hasanov / Telegram

Ko'tarinki ravishda tashkil etilgan "Baxtli bolalik" loyihasi doirasidagi bayram tadbiri bolajonlarga olam-olam zavq ulashdi.

Shuhratjon Hasanov
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston tuman Kengashi bosh mutaxassisi, tuman "Kamalak" bolalar tashkiloti raisi

Report Page