Har bir haydovchi uchun zarur bo‘lgan 5 odat

Har bir haydovchi uchun zarur bo‘lgan 5 odat

Sirdaryo Xabarlari
Foto: xabardor.uz

Avtoulov xarid qilayotganda uning ishonchli ekaniga e’tibor berasiz. Biroq u sizga uzoq xizmat qilishi uchun “temir ot”ni to‘g‘ri parvarishlash kerak.

Moyni muntazam almashtirish

Dvigateldagi moy ishqalanuvchi yuzalarni sovutish uchun zarur. Shuningdek, u korroziyadan ham himoya qiladi. Agar moy uzoq vaqt davomida almashtirilmasa, unda turli quyqumlar to‘planadi. Bu kabi moyda yurish avtoulovni ishdan chiqarishi mumkin, shuning uchun uni o‘z vaqtida almashtirgan ma’qul.

Foto: xabardor.uz

Ehtiyot qismlar va qo‘shimcha suyuqliklarni almashtirish

Bu kabi qismlarga filtrlar, gazni taqsimlovchi mexanizm kamari, sovutgich, tormoz kolodkalari va ko‘plab boshqa qismlar kiradi. Ko‘pincha haydovchilar ularni keragidan kamroq almashtiradilar.

Jiddiy buzilishlarga ko‘pincha gazni taqsimlovchi mexanizm kamarining eskirib izdan chiqishi sabab bo‘ladi. U qimmat turmaydi, shuning uchun uni tez-tez almashtiring.

Foto: xabardor.uz

Avtoulovni muntazam ko‘zdan kechirish

Avtoulovning kapot osti holatini muntazam ko‘zdan kechirish kerak. Bu moy oqqani, shuningdek shlanglardagi nosozliklarni o‘z vaqtida sezishda yordam beradi.

Foto: xabardor.uz

Yuvish

Avtoulovni muntazam yuvish korpusdagi yangi qirilishlarni aniqlashda yordam beradi. Salonni ham doimiy ravishda tartibga solish kerak. Plastik va o‘rindiqlarga maxsus vositalar yordamida ishlov beriladi.

Foto: xabardor.uz

Shovqinga e’tibor bering

O‘z mashinangizga quloq soling. Agar taqillash, darz ketish va motorning normal holatiga xos bo‘lmagan tovushlarni eshitsangiz, albatta avtoxizmatga murojaat qiling. Ulovingizning holati haqida hamma narsani biladigan bitta bo‘lsa-da ishonchli mexanik ustani topishga harakat qiling.

Report Page