Obodlik ko'ngildan boshlanadi

Obodlik ko'ngildan boshlanadi

@Sirdaryo
Foto: Viloyat FVB Axborot xizmati

Qadimiy va hamisha navqiron viloyatimiz Sirdaryo keyingi yillarda yanada chiroy ochib, sayqal topib borayotganligiga barchamiz guvoh bo‘lmoqdamiz. Quvonarlisi, viloyatimizdagi qurilish-bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari nafaqat yurtdoshlarimiz, balki mehmon sifatida Sirdaryoga tashrif buyurayotganlar tomonidan yuksak darajada e'tirof etilmoqda.

Foto: Viloyat FVB Axborot xizmati

Savol tug‘iladi: bu go‘zal maskan qanday sayqal topmoqda? Qanday qilib go‘zallashib borayotir? Uni kimlar obod qilayapti?Albatta, barchasiga birinchi navbatda Sirdaryoliklarning o‘z viloyatiga nisbatan muhabbati bilan erishilayapti, deb javob berishimiz mumkin. Chunki barchamizning faxrimiz bo‘lmish shu aziz maskan bizning ona viloyatimizdir. Uning obodligini, go‘zalligini ta'minlash Sirdaryolikman, degan har bir fuqaro yoshu-qari, ayolu-erkak, rahbaru oddiy ishchi-xodim uchun ham farz, ham qarz. Shuni mamnuniyat bilan aytish mumkinki, bugun ona shahrini sevuvchi, uni ko‘z qorachig‘idek asrovchi hamshaharlarimiz juda ko‘p. Hozir Sirdaryo viloyatining birgina ko‘chasida emas, qayerigaki bormang keng ko‘lamda qurilish, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘lasiz.

Foto: Viloyat FVB Axborot xizmati
Foto: Viloyat FVB Axborot xizmati
Foto: Viloyat FVB Axborot xizmati

Muxtasar qilib aytganda, aziz viloyatimiz hisoblanmish Sirdayoning mana shunday obod va ko‘rkam maskanga aylanishida boshqalarning emas, qalbidaryo va mehnatkash Sirdaryoliklarning beminnat mehnati yotibdi.

Viloyat FVB Axborot xizmati

Report Page