Sirdaryo viloyati Moliya bosh boshqarmasida “Men bo‘lmoqchiman” loyihasi mavzusida biznes treningi bo`lib o`tdi

Sirdaryo viloyati Moliya bosh boshqarmasida “Men bo‘lmoqchiman” loyihasi mavzusida biznes treningi bo`lib o`tdi

@Sirdaryo
Foto: Davron Abduvaitov / Telegram

Joriy yilning 21-fevral sanasida Sirdaryo viloyat Moliya bosh boshqarmasi faollar zalida “Men bo‘lmoqchiman” loyihasi mavzusida biznes treningi bo`lib o`tdi. Biznes trening O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi Sirdaryo viloyat bo‘linmasi hamda Sirdaryo viloyat Moliya bosh boshqarmasi hamkorligida tashkil qilindi. Unda O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi Sirdaryo viloyat bo‘linmasi xodimlari, Sirdaryo viloyati Moliya bosh boshqarmasi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo`limi xodimlari hamda , kasb-hunar kollej, akademik litsey va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Foto: Davron Abduvaitov / Telegram

Biznes treningni Sirdaryo viloyat Moliya bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari N. Usmonov hamda O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi Sirdaryo viloyat bo‘linmasi boshlig`i A. Muhitdinovlar ishtirok etishib, tadbirkorlik va biznes qilish istagini bildirgan yoshlarga tadbirkorlik va biznes faoliyatlari bo`yicha muhim tushuncha va ko`nikmalar, kerakli tavsiya va yo`nalishlar berishdi. Shuningdek, “Men bo‘lmoqchiman” loyihasining asosiy maqsadi bo`lgan "kasb-hunar kollej, akademik litsey va umumta’lim maktablari bitiruvchilarini bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish sohasida ish olib borayotgan barcha davlat va nodavlat tashkilotlar bilan ijtimoiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali kasb tanlashga ko‘maklashishdek muhim vazifalarning mazmun-mohiyati tushuntirib o`tildi.

Foto: Davron Abduvaitov / Telegram
Foto: Davron Abduvaitov / Telegram
Foto: Davron Abduvaitov / Telegram
Foto: Davron Abduvaitov / Telegram

Ochiq muloqot va qizg`in savol-javoblar bilan o`tgan biznes treningida tadbirkorlik va biznes qilish istagini bildirgan yoshlar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va berilgan muhim tavsiya va yo`nalishlar asosida o`zlarining kelajakdagi shaxsiy bizneslarini yaratish, tadbirkorlik qilib aholini yangi ish o`rinlari bilan ta`minlash kabi ezgu ishlarni o`z oldilariga maqsad qilib olishdilar.

Sirdaryo viloyati moliya bosh boshqarmasi Axborot xizmati

Report Page