SARDOBA TUMANIDA “HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

SARDOBA TUMANIDA “HOKIM VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

@Sirdaryo
(foto Anvar Tuychiyev)

Hokim va yoshlar birikmasi ona tili grammatikasida bog‘lanish jihatidan teng bog‘langan hisoblanadi. Lekin, leksin jihatdan olib qarasak, ushbu so‘zlar atrofida juda ko‘p ma’no mujassam. Bir o‘ylab ko‘ring, qadrdon. Birgina uchrashuv ortidan qancha yoshlarning muammolari ko‘rib chiqiladi va bartaraf etiladi.

(foto Anvar Tuychiyev)
(foto Anvar Tuychiyev)
(foto Anvar Tuychiyev)

2019 yil 27-dekabr, Yoshlar uchun “tarixiy kun” bo‘ldi. Sababi, shu kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan otalarcha muloqot o‘tkazdi. Ana shu uchrasuuvdan so‘ng, tuman va shahar hokimliklaridan dastlabki, yoshlar bilan ushrashish tashabbusi Sirdaryoning Sardoba tumanidan chiqdi, deb aytsak sira yanglishmagan bo‘lamiz. Bugun Sardoba tumanida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda yuzga yaqin turli sohada g‘olib va yetakchi bo‘lgan yoshlar, ittifoq a’zolari va tuman hokimi Xidirov Abduazim Murodqosimovich ishtirok etdi. Yoshlardan biri Davron Ergashev quyidagi muammosi bilan o‘rtoqlashdi. 

(foto Anvar Tuychiyev)
(foto Anvar Tuychiyev)
(foto Anvar Tuychiyev)

-Hurmatli hokim bobo. Maktabimiz qishlog‘imizdan olisda joylashgan. Agar maktabimizga qatnash uchun avtobus transporti bo‘lsa edi, o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshadi, dedi D. Ergashev. 

(foto Anvar Tuychiyev)
(foto Anvar Tuychiyev)
(foto Anvar Tuychiyev)
(foto Anvar Tuychiyev)

Tuman hokimi ana shu kabi o‘nlab muammolar yechimiga qaratilgan fikrlarini aytdi. Asosiysi esa, Davronjonning maktabiga qatnash uchun avtobus transporti yo‘lga qo‘yilishiga va’da berdi. 

(foto Anvar Tuychiyev)
(foto Anvar Tuychiyev)
(foto Anvar Tuychiyev)
(foto Anvar Tuychiyev)
(foto Anvar Tuychiyev)

O‘ylaymizki, bu kabi xayrli uchrashuvlar hali davom etadi. Eng asosiysi esa, viloyat hokimi 8-yanvar kuni eng faol va saralangan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bizni kuzatib boring. Biz sizga eng yangi ma’lumotlarni yetkazib boramiz.

Anvar TUYCHIYEV,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisining matbuot kotibi, Axborot siyosati masalalari bo‘yicha raisning maslahatchisi.

Report Page