Bayramdan so‘ng yanvar oyini tejamkor o‘tkazish uchun 3 tavsiya

Bayramdan so‘ng yanvar oyini tejamkor o‘tkazish uchun 3 tavsiya

@Sirdaryo
Foto: Google Images

Quvnoq dasturxon va sovg‘a ulashishlardan keyin shunday dam keladi: hamyoningizga qaraysiz va yaqin orada oylikkacha yetib borishingiz dargumonligini anglaysiz… Aslida, hammasi u qadar qo‘rqinchli emas. Xabardor.uz'ning yozishicha, muhimi vaziyatga boshqacha nazar tashlash va uni boshqarish lozim.

Bayramdan so‘ng sovg‘a sotib olish

Yangi yilni hamma tanishlar va do‘stlar bilan kutib olishning iloji yo‘q. Shuning uchun bayramgacha yangi yil kechasini birga kutib oladigan odamlargagina sovg‘a oling. Boshqalarga – qarindoshlar, do‘stlar va hamkasblarga sovg‘ani 2-yanvarda olsangiz ham bo‘ladi. Yangi yil bayramidan keyin ko‘pchilik do‘konlar yangi yil tovarlari aksiyasini uyushtiradi, ularni yil davomida saqlab o‘tirmaslik uchun. Shu sabab chegirmalar 70 foizgacha borishi mumkin. Bu paytda maishiy texnika va boshqa foydali narsalarning bahosi ham hamyonbop bo‘ladi. 

Birinchi haftada mehmonga boring

Javob tashriflarini uyushtiring. Kelishingizga juda xursand bo‘lishadi – ishonavering: “qolgan-qutganlar” bilan mehmon qilishdan hech kim qochmaydi. Zaxirangizda bir hafta bor – do‘stlar, hamkasblar, qarindoshlaringiznikiga boring. O‘zingiz bilan yaxshi narxda sotib olgan sovg‘alarni ham olvoling.

Albatta, bepul ovqat mehmondorchilikda eng muhimi emas, ammo inqirozli vaziyatda bu yaxshigina bonus. 

Sayohatni yangi yil ta’tilidan keyinga mo‘ljallang

Odatda 20-yanvardan keyin parvozlarga ham, mehmonxonalarga ham narxlar 20 foizga pasayadi, chunki asosiy turistik mavsum tugaydi. Demak, bu kunlarga sayohatni rejalashtirishning ayni vaqti. 

Yanvar oxirida havo yaxshi bo‘ladigan mamlakatlar haqida internetdan ma’lumot qidiring, mavsum bo‘lmagan payt uchun sayohatni rejalashtiring. Mos turlar toping, ular hatto “shoulder season” deb ataluvchi nomga ega – bu shunday havoki, issiq emas, ammo maza qilib dam olsa bo‘ladi. Yashash va chipta narxlari ham ancha hamyonbop bo‘ladi.

Report Page