Suicide

Suicide

Mahin


Tadqiqotlar natijasiga ko'ra 15-34 yosh oralig'ida bo'lganlarning o'limini eng asosiy ya'ni, o'layotganlarning har ikkinchisi o'z joniga qasd qilish natijasida ro'y berayotganini aytishdi. Yiliga millionga yaqin insonlar aynan shu o'z hayotiga nuqta qo'yishdan bu dunyodan ko'z yumar ekanlar. Bu hali aniq raqamlar emas. Sababi, medekspertiza doridan zaharlanish, avariya, zaharlanishlarni hisobga olmaydi suiqasd deb. Xo'sh bu kabi qadam bosishga undayotgan aslida nima? Qanday faktorlar, sabablar ularni chorlayapti?

Eng yirik sabablar:

- Shaxsiy hayotda muammo;

- Oilada, ota-ona bilan kelishmaslik;

- Maktab, o'qishda kelib chiqadigan tushunmovchiliklar;

- Hayotgadi qandaydir bir omadsizlik;

- Pul muammosi;

- Narkotik yoki alkogol qabul qilish;

- Yaqin kishisini yo'qotish;

- BIR MUDDAT OJIZLIK VA O'ZNI YO'QOTISH

Har bir sababni to'liq ochib chiqilmasa ham gap nimada borayotganligini hammamiz tushundik.

Suiqasd nima? Biz shunchalik ojiz va zaif bo'lib qoldikmi?

Bilamizki jonga qasd qilishning usullari juda ko'p, sanab adog'iga yetolmaymiz: vena kesish, dorga osish, baland binodan sakrash, zahar ichish, dorini ko'p miqdorda qabul qilish (valerianka emas faqat), mashina tagiga tashlash. 






‌O'ldik ham deylik keyinchi? Dinga bog'lash yoki narigi dunyo mavjud emas deyishdan yiroqman. O'ldik... Keyinchi? Shu o'rinda ancha avval o'qigan bir iqtibos yodimga keldi : O'lib - dunyoni kimga qoldirmoqchisan? "Viento Fuad.

O'ldik. Oradan vaqt o'tdi. Ko'mildik. Tanishlar kelishdi, yig'lashdi, osh yeyishdi. Do'stlar kelishdi uzoqroq yig'lashdi, yig'ilishganda eslab turishdi, unutishdi. Qarindoshlar kelishdi, marakalarni o'tkazishdi. Ota-ona... Ular qon bo'lishdi, yig'lashdi. Osonmi axir, dunyoga keltirib, kichik bir individdan shaxsni rivojlantirish. Agar farzandli bo'la olishsa yana farzandli bo'lishdi. Biroq, qalbda dog' va sog'liqning yarmidan ko'pi ketdi. Agar qaytib farzandli bo'la olishmasachi??? Agar biz yolg'iz farzand bo'lsakchi? Undan nima bo'ladi? Hech nima, biz o'lganmiz, yotibmiz kafanga o'ralib qabrda jimgina. Oradan oy, yil o'tdi. Biz muammo deb o'ylaganimiz bu muddatda unut bo'lardiku, yo'q biz o'ldik. Jimgina haliyam yotibmiz. Hayot jo'shqin davom etmoqda...


Endi undan qo'rqinchilisi haqida. O'lmay qolish daxshati!!! Suiqasdda ko'pincha ikki hol bo'ladi. O'lim kelganda o'lmayman deyish. O'lgisi kelganda o'lmay qolish. Ehhh, o'lmay qoldik. Tirikmiz. Agar uksus ichgan bo'lsak ketti ichak, balo battarlar. Pichoqlagan bo'lsak, ishoning birinchi kun bilinmaydi, keyingi kundan bari boshlanadi, achishish, qo'lni deyarli ishlatolmaslik... Agar mashina tagiga tashlagan bo'lsakchi? Nogironlik aravasidamiz... Sog' edikku axir. Muammodan qochib endi o'z ahmoqligimga o'zimizni shu ahvolga soldik. Jismoniy emas endi ruhiy tomondan olsak. Oh bu yurak og'rig'i. Har yaqinimizni ko'rganda "Voy nima qilding, meni o'ylamadingmi", "Qizim/o'g'lim qo'ling nega bintlangan" degan savolga javobni qaydan izlaymiz axir.

Bu mavzu nafaqat hozir, balki avvaldan ancha dolzarb bo'lgan. Maktabda o'qiganimda yuqori sinfdagi qiz o'zini batareyaga osib derazadan otganini eshitgandik. 4 oy o'zimga kelolmaganman. Tushimda doim chirqirab yig'lashini ko'rardim. Kollejda o'qiyotgan paytim darsda (deraza oldida o'tirardim, shundan keyin qochganman) bir narsa tap etdi. Bir qiz o'zini to'rtinchi qavatdan otibdi. Daraxtga osilib asfaltga tushdi, o'lmadi... Ikki qo'lida tayoqda ko'rdim...


Juda ko'p suiqasd haqida kitoblar o'qidim, atrofdan eshitdim, sinab ko'rdim... Ahmoqlik! Ruhiy inqirozdan. Ruhan cho'kish, dildosh topa olmaslik, hech kimga kerak emasman deyish, labirintdan qayta chiqishga urinmaslik... 

Oxirgi aytar gapim: BU DUNYO - UNDAGI BOR ODAMLAR, VOQEALAR, NARSALAR, MUAMMOLAR HECH BIRI HATTO TIRNOG'IMIZ SINISHIGA HAM ARZIMAYDI. 

Mohina Nursaidova

@mahinsworld


Report Page