Sud

Sud

🌐OLTIARIQ_TV

Sud jarayonida javobgarlikka tortilmagan shaxs aniqlandi.

@oltiariq_tv


Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona viloyat Quva tuman sudining 2018 yil 23 may kungi hukmi bilan O`zbekiston Respublikasi JK 169-moddasi 3-qismining “a” bandiga (takroran yoki xavfli resedivist tomonidan sodir etilgan o`g`irlik jinoyati) asosan 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan O.U.ning jinoyat ishini ko`rish jarayonida tergov organi tomonidan fuqaro F.D.ning harakatlarida O`zbekiston Respublikasi JKning 171 va 169-moddalarida (jinoiy yo`l bilan topilgan mulkni olish yoki o`tkazish hamda o`g`irlik jinoyatlari) ko`rsatilgan jinoyatlar tarkibi yo`q deb barvaqt xulosaga kelinganligi aniqlandi.

Amaldagi qonunlarga ko`ra, (JPK 417-moddasining 1-qismi) sud jarayonida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligi aniqlansa, sud jinoyat ishini qo`zg`atish masalasini ko`rib materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qilishi belgilangan. Mazkur moddada jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko`rsatuvchi holatlar aniqlanganda sudning harakatlari o`z ifodasini topgan.

Aynan ushbu qonun normasiga asosan, jinoyat ishlari bo`yicha Quva tuman sudi tergov organining 2018 yil 5 aprel kungi fuqaro F.D.ning harakatida jinoyat yo`qligi haqidagi qarorini bekor qilib, unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atish masalasini hal qilish uchun tegishli materiallarni prokurorga yuborish haqida qaror qabul qildi.

Report Page