Subsidiya

Subsidiya

Davomini o'qing

UY-JOY UCHUN SUBSIDIYA OLISH TARTIBIGA OID ENG KO'P BERILADIGAN SAVOLLAR:

❓Subsidiya kimlarga beriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruktsiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya toʼlash tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomning 2 bandiga asosan:

👉 Subsidiya olish uchun 18 yoshga toʼlgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

👉 Subsidiya daromadi yuqori boʼlmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida beriladi. 

❓Subsidiya ajratish qanday hollarda rad etiladi?

 Yuqoridagi Nizomning 34 bandiga asosan quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi:

a) taqdim etilgan arizada koʼrsatilgan maʼlumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;

b) taqdim etilgan maʼlumotlar notoʼgʼri yoki soxta boʼlganda;

g) ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiya olgan (avval olingan uy-joy boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) oila aʼzolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;

d) joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;

ye) ariza beruvchi va/yoki oilaning oʼrtacha oylik daromadi:

Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan kam va 8,0 baravaridan yuqori;

Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravardan kam va 9,2 baravaridan yuqori boʼlganda.

❓Subsidiya olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?

✅Subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga oʼzi kelib murojaat etish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (my.gov.uz) roʼyxatdan oʼtish kerak.

❓Qanday hujjatlar talab qilinadi?

➖jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari;

➖oila aʼzolarining shaxsiy identifikatsiya raqami maʼlumotlari va nikoh guvohnomasi, farzandlar tugʼilganligi haqidagi guvohnomalar nusxalari (mavjud boʼlganda);

➖nikoh bekor qilinganligiga oid hujjatlar yoki oilaviy holati toʼgʼrisida FHDYo organlari arxividan maʼlumotnoma;

doimiy roʼyxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli maʼlumotlar;

➖doimiy yashash joyidan uy daftarining yoki kvartiralar boʼyicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi;

➖ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari toʼgʼrisidagi ma'lumotnoma.

⚖️Business lawyers group - Вaш надежный партнер в мире законов!

📄Murojaat uchun:

@shalola_azizova

Kanalga obuna bo'ling👇

@yurist_azizova


Report Page