статья

статья

Ганишер Розиков

«Har bir insonning o’z qalb notasi mavjud. Qalbining sadosini eshitish qobiliyatiga ega bo’lgan va  uning sozlanishiga yordam bera olgan kishilarning hayotda qadri juda balanddir».


(L.N.Tolstoy


Bugungi kunda ta’im jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, interfaol metodlarni qo’llash ta’lim samaradorigini oshirishga xizmat qilishi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Biroq kuzatishlarga qaraganda, buning o’zi yetarli emas. Ta’lim jarayonida muvofiq o’quv muhitini yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mutaxassislarning fikricha[1], o’quv muhiti (talimiy muhit) bu- ma’naviy (singdirilayotgan qadriyatlar, psixologik muhit, an’analar) hamda o’quvchi (tarbiyalanuvchi)lar va o’qituvchining mavjud bo’lishi va faoliyatining moddiy shart-sharoitlari, subyektlari(o’qituvchilar, o’quvchiar, ota-onalar)ning jadal faoliyati, munosabatlar va tashqi aloqalar xarakteri yig’indisi. O’quv muhiti ko’p hollarda ta’lim va tarbiya natijalarini belgilaydi[2] O’quv muhiti deganda nafaqat o’quv va ko’rgazmali qurollar, darslik va o’quv-metodik qo’llanmalar kabi didaktik vositalar, mebel jihozlari va kompyuter texnikasini, balki ta’lim jarayoni ishtirokchilarining o’zaro hurmati va ishonchga asoslangan ijodiy muhitni tushunish lozim.

Intellekt ko’pligi nazariyasiga asos slogan Govard Gardner[3] (Multiple Intelligences) inson miyasining alohida jihatlarini o’rgana turib, o’z kashfiyotlari bilan ta’lim tizimiga biror bir o’zgartirish kiritishni xayoliga ham keltirmagan edi. Gardner maktab dasturlari asosan qobiliyatning ikki turiga e’tibor qaratishini kuzatadi, ya’ni verbal-lingvistik (og’zaki va yozma nutq) va mantiqiy-matematik. Agar maktab o’quvchisi shunday qobiliyatlarga ega bo’lmasa, u ahamiyatsiz yutuqlar, o’rtamiyona baholanishga ko’nishga, bu esa uning o’z o’quv faoliyatida o’ziga nisbatan ishonchsizlik holatlarini yuzaga keltirdi. O’z-o’zidan bu holat darslarda zerikish, fanni o’zlashtirishdagi muammolar, bilish ehtiyojining so’nishi, motivatsiyaning yo’qolishiga sabab bo’ldi. Govard Gardner uzoq vaqt insult natijasida lat yegan, baxtsiz hodisaga uchragan, iqtidorli, aqlan zaif, turli etnik madaniyat vakillari miyalarining bilish faoliyatini o’rgandi. U intellectning yagona va bir umrlik tug’ma qobiliyat ekanligi va muammo yechimi borasidagi ko’nikmalarni aniqlab berishi haqidagi qarashlarini o’zgartirdi. Ya.A.Komenskiy shunday deydi: “Haqiqatdan, tarbiyaga ko’proq iqtidorlilar muhtoj, faol aql biror bir foydali ish bilan mashg’ul bo’lmasa, foydasiz, zararli mashg’ulotlar bilan band bo’lib qoladi”.


Uning nazariyasi umum intellect mavjudligini shubha ostiga qo’ymaydi, lekin bir yoqlama tushuncha doirasidan chiqish imkoniyatlarini tadqiq etadi. Natijada o’z tadqiqotida olim intellectlar miyaning turli hududlarida jamlanishini, ular o’zaro harakatlanishi yoki mustaqil, yakka ishlashi mumkinligini va munosib sharoitlardagina rivojlanishi mumkinligini tadqiq etdi. Gardner nazariyasi pedagogikaning intellektga yaxlit, irsiy-genetik bog’liqlik va qog’oz-qalam bilanoson o’lchash mumkin deb qaralgan tayanch g’oyasiga putur yetkazdi. (Masalan, Stenford-Bine yoki Veksler testlari yordamida o’lchash.)


Bitta so’zni 40 xil ohangda ayta olganimdan so’ng pedagog bo’lganimni sezdim.


Yan Amos Komenskiy


 

Gardnerga ko’ra, intellect bu:



Intellekt ko’pligi nazariyasi har bir odam turli darajada ifodalangan kamida 8 ta tipdagi intellektga ega ekanligini ochib berdi. Ular quyidagilar:


1.         Verbal – lingvistik intellekt – so’z xotirasi, so’z boyligi yaxshi, o’qishni yaxshi ko’radi, so’z bilan ijod qilishni yoqtiradi. Bular shoir, yozuvchi, notiqlar.


2.         Mantiqiy – matematik intellekt – hisoblash va sonlar bilan ishlashni, mantiqiy masalalar, boshqotirmalarni yechishni, shaxmat o’ynashni yaxshi ko’radi, tengqurlariga nisbatan ko’proq abstrakt darajada fikrlaydi, sabab-oqibat bog’liqliklarini tushunadi. Bular matematik, fizik va boshqalar...


3.         Vizual – fazoviy intellekt – ko’rish obrazlari bilan fikrlaydi, karta, sxema, diagrammalarni tekstga nisbatan oson o’qiydi, xayolga berilish, rasm chizish, modellar konstruksiyalashni yaxshi ko’radi. Bular rassom, haykaltarosh, me’mor, ixtirochi, shaxmatchi...


4.         Motor – harakatli intellekt – yuqori sport natijasiga erishadi, boshqalarning harakati, mimikasi, odatlarini yaxshi takrorlaydi, hamma narsaga qo’l tekkizish, buyumlarni qismlarga ajratish va yig’ish, yugurish, sakrash, kurash tushishni yaxshi ko’radi. Bular raqqos, artist, sportchi...


5.         Musiqaviy – ritmik intellekt – qo’shiqlar. Kuylarni eslab qoladi, ovoz iyaxshi, musiqa asbobini chaladi, xorda ashula aytadi, harakatlari va so’zlashi ritmli, o’zicha sezmasdan kuylaydi. Bular bastakor, qo’shiqchi, raqqos...


6.         Shaxslararo intellekt – tengqurlari bilan muloqotni, boshqa bolalar bilan o’ynash va ularga o’rgatishni yaxshi ko’radi, turli holatlarda yetakchi bo’lib qoladi, hamdardlikni, boshqalarga g’amxo’rlik ko’rsatishni biladi. Bular siyosatchi, diplomat, diniy xodimlar...


7.         Ichki shaxsiy intellekt – mustaqillik hissi, iroda kuchinina moyish qiladi. O’zining yaxshi va yomon xislatlarini real anglaydi, vazifalarni hech kim xalaqit bermaganda yaxshi bajaradi, o’zini boshqara oladi, yakka ishlashni ma’qul ko’radi, o’z hissiyotlarini aniq tasvirlaydi, o’z xatolaridan ibrat oladi, o’z qadrini bilish hissi rivojlangan. Bular psixolog, o’qituvchi, tarbiyachilar.


8.      Tabiatshunos intellekti – tabiatga, tabiat hodisalariga, jonivor, o’simliklarga qiziqadi, tabiat olamini tushunish, atrof-muhitning belgilari va xususiyatlarini farqlash, tasniflash va shu kabilarga qobiliyatini namoyon qiladi. Bular tabiatshunos, ekolog, q/x xodimlari.



 Maktabga intellect ko’pligi nazariyasi nima uchun kerak?


Xorijlik hamkasblarimizning IKN(intellect ko’pligi nazariyasi)ni qo’llash  tajribasi shuni isbotladiki, bolalar turli yo’llar bilan o’qishi, olamni anglashi mumkin ekan, lekin bu ta’lim berish va baholashning o’zgacha yo’llarini talab etadi. IKNni qo’llash maktab reja-dasturidagi barcha mavzular ushbu nazariyaga asoslanadi. Faqat DTS va IKN dasturi talablari o’rtasida muvozanat bo’lishi lozim. Pedagoglar IKNga asoslangan darslarning katta samara berishini, shu bilan birga, bunday darslar o’qituvchidan katta kuch va ijodkorlikni talab etishini ta’kidlashmoqda. Maktabda IKNni qo’llash jarayonida barcha fan o’qituvchilarining hamkrlikdagi bamaslahat ishi yaxshi natijalarga erishishda katta ahamiyatga ega.


 



IKNni qo’llash muvaffaqiyatining qat’iy sharti o’quvchilarning ota-onalarini ham jalb qilishdir, ular farzandlarining doimiy yo’ldoshi, hamkori bo’lishi lozim.


Ta’lim jarayonida DTSni chetga surmagan holda (50%/50%) ta’lim oluvchida shakllangan, rivojlangan tabiiy imkoniyatlarni, motivini, uning ehtiyojini inobatga olgan holda yondashish muhim. Bu ularning maktab va maktabdan tashqari bilish faoliyatlarini yanada faollashtirish, sinf-dars tizimiga nisbatan munosabatarini ijobiy tomonga ozgartirish imkonini beradi. Mutafakkirlardan So’fi Ollohyor “Har tun ko’rsang, qadr bil, har kim ko’rsang, Xizr bil” deya har bir insonning o’ziga xos, betakrorligini ta’kidlaydi. Shuningdek, ushbu nazariyaga “Aqlli bo’lishning sakkiz xil yo’li” deb baho berishdi. O’quvchida shakllangan intellect bilan kifoyalanib qolmasdan, sinf jamoasida mavjud intellectlarni bir-biriga yuqtirish, ularni ko’p qirrali, universal iqtidor sohiblariga aylantirishni ham nazarda tutadi. Har bir bolada vaqtida aniqlangan va rivojlantirilgan intellect ularning yurt istiqbolli kelajagi uchun faol, tashabbuskor, ijodkor kadr bo’lib kamol topishlarida muhim bir asos bo’lishi mumkin.Shu bilan birga, darsdan keyin turli yo’nalishdagi to’garak ishlarini yo’lga qo’yishga ehtiyoj ortadi.

 Intellekt ko’pligi nazariyasi G.Gardnerning ikkita muhim ta’kidiga asoslanadi.[4] Birinchidan, intellektning ushbu sakkiz turi barcha insonlarda mavjud. Ikkinchidan, biz barchamiz turli ko’rinishga, betakror temperament va shaxsiy sifatlarga ega bo’lganimizdek,turli intellectual salohiyatga ham egamiz. IK nazariyasiga keng ilmiy asosga ega. Gardnerga ko’ra, nazariya o’qituvchilarga turli imkoniyatli o’quvchilarning axborotni muvaffaqiyatli o’zlashtirishlari uchun bir qancha vosita va yo’llarini ochib beradi. Nazariyani to’g’ri qo’llash har bir kishiga o’z kasbiy faoliyatini mukammalroq  amalga oshirish, takomiliga yetkazish imkonini beradi.


Intellekt ko’pligi nazariyasining asosiy tamoyili shundaki, ta’lim bilish faoliyatining individual farqlariga, imkoniyatlariga nisbatan ziyrak, sinchkov, sezgir bo’lishi lozim. Ushbu farqlarni inkor etish, barcha bola bir xil fikrlashi kerak degan talab o’rniga ta’lim tizimi bilishning mumkin qadar individual intellectual imkoniyatlarga javob beruvchi turli xil yo’llarini yaratishga intilishi lozim.


 


IK nazariyasi tanqidchilarning kuchli e’tiroziga duch keldi. Shunga qaramay, ko’pgina pedagoglar bunday yondashuvlarning amaliy ahamiyatini, qiymatini ko’ra oldilar. Asosiysi, maktabda ushbu nazariyani tatbiq etish ta’lim jarayonining o’quvchilarni turli intellektlarga jalb qilish bilan tajriba egallash imkonini beradigan, bolaning o’ziga yaqin, qulay soha bo’yicha anglashi, o’rganishi, rivojlanishini ta’minlovchi o’qitishning turli uslublarini nazarda tutadigan, shuningdek, o’qituvchiga ham kasbiy kamol topish imkonini beradigan tizimini barpo qiladi.


        Intellekt ko’pligi nazariyasini ta’lim jarayonida qo’llashdan avval o’quvchilarga ularning har biri o’ziga xos qobiliyatga hamda o’ziga xos aqlga ega ekanligini, ular o’z iqtidorlarini turli yo’llar bilan aniqlashlari va namoyon qilishlari mumkinligini anglatishimiz darkor. Birinchi ikki-uch hafta davomida o’qituvchi bolalarga o’zlarining kuchli va zaif tomonlarini aniqlashlari uchun turli shakldagi faoliyatlarni taklif etadi, o’qituvchi esa, o’z o’rnida,o’z o’quvchilarining intellektlarini aniqlash imkoni ega bo’ladi. Shuningdek, bu o’quvchilarning o’zlarini anglashi, o’zini kashf etish yo’li hamdir. O’zini namoyon qilishning bir qancha yo’llari mavjudligini tushunishi bilan bola darhol o’zini tahlil qila boshlaydi. Shuning


uchun o’qituvchining vazifasi- o’quvchini uning barcha sohalarda qobiliyatli ekanligiga, qobiliyatlaridan qancha ko’p foydalansa, shuncha tez rivojlanishiga ishontirishdir. Shundan so’ng, dars ishlanmalari tarkibiga intellektlarni integrallashgan tarzda kiritish mumkin. O’tilgan darsni tahlil qila turib, o’zingizga savol bering:


1. Ushbu darsda intellektning qaysu turlari inobatga olindi?


2. Topshiriqlarning qaysi turi qaysi o’quvchini qiziqtira oldi?


3. Darsda tartib-intizom bo’yicha muammolar bo’ldimi? Ushbu muammolar intellectlar bilan bog’liqmi?


4. Ko’proq o’quvchini jalb qilish uchun yana nimalar qilish mumkin edi?


5. Intellektlarning boshqa turini qo’llab ushbu mavzuni o’rganish mumkinmi?


6. Ushbu darsda menga ko’proq nima yoqdi?


Keyingi darsni rejalashtirishda quyidagi savollarga murojaat qiling:


- Qanday qilib darsga son va tenglamalarni, ularning tasnifini kiritish mumkin? (mantiqiy intellect)


-O’qish, yozish, og’zaki nutqni qanday yo’l bilan kiritish mumkin? (verbal)


-Obraz, grafik, rang, rasmlar va diagrammalardan qanday yo’l bilan foydalansam? (vizual)


-Ohang, ritm, musiqa va raqsni o’rganilayotgan mavzuga qanday qilib bog’lash mumkin?(musiqiy)


-Harakat, dramatik rol, modellashtirishni kiritish yo’llari qanday? (Motor-harakatli)


-O’quvchining tabiat haqidagi bilimlarini mavzu bilan qanday bog’lash mumkin? (tabiatshunos)


-Mavzu yuzasidan o’quvchini qanday qilib juftlikda, guruhda hamkorlikka, jamjihatlikka jalb qilish mumkin? (shaxslararo)


-Qanday qilib o’quvchining mustaqil individual ishini tashkillashtirish mumkin? (ichki shaxsiy)


  


O’quvchining yuqori darajada fikrlashini, uning rivojlanishini ta’minlash uchun K.Nikolson-Nelson o’z kitobida o’qituvchiga quyidagi tavsiyalarni beradi: intellektlarni Blum taksonomiyasi bilan uyg’unlashtiring. Bunga muntazam murojaat qilish bilan, darslarning yuqori samaradorligiga erishish mumkin.


 


 


Quyidagi jadvalda turli intellect sohiblari uchun faoliyat turlarini rejalashtirishda Blum taksonomiyasiga asoslangan tayanch fe’llari berilgan




Verbal-lingvistik intellect:


Bilish: aniqla, eslab qol, qayd et, ro’yxat tuz, takrorla


Tushunish: tushuntir, muhokama qil, shakllantir, yozib ol, umumlashtir


Qo’llash: intervyu ol, sahnalashtir, savol ber, tuz, foydalan, nashr et.


Tahlil: sharhla, qiyosla, tadqiq er, savol ber, tavsif ber,tuz, tashxis qo’y, tasavvur qil, ajrat, umumlashtir


Baholash: Xulosa qil, bahola, taxmin qil, to’grila, tashxis qo’y.


Yaratish: o’ylab top, rejalashtir


 


Mantiqiy-matematik intellect:


Bilish: sanab chiq, yig’, belgila, kategoriyalashtir, nomerla, aniqla.


Tushunish: tavsif ber, nomini ayt, aynanlashtir, guruhla, joyini aniqla .


Qo’llash: tekshir, yechimni top, hisobla, namoyish qil, tajriba qil, isbotla.


Tahlil: taahlilqil, o’rgan, tadqiq et, ifodala, o’lcha, taqsimla,  o’rnat, tizimlashtir.


Baholash : ahamiyatini aniqla, bahola, ajrat, o’lcha, hisobla.


Yaratish: o’ylab top, gipoteza taklif et, shakllantir,


 


Fazoviy-vizual intellekt:


Bilish: nazorat qil, aniqla, chiz, qayta chiz.


Tushunish: illustrasiya chiz, ifodala, rasmda tushuntir, namoyish qil, chizma chiz.


Qo’llash: ijro et, ko’rsat, qur, isbotla.


Tahlil: diqqat bilan tekshir, o’rgan, o’z o’rniga qo’y, qiyosla, diagramma tuz, qur, tuz, yig.


Baholash: Ajratib ol, tanla, bahola, mulohaza yurit, tavsiya et.


Yaratsih:ixtiro qil, tasavvur qil, modellashtir


 


Musiqiy intellect


Bilim: eslab qol, takrorla,nusxa ol, ko’chir, sanab chiq


Tushunish: aniqlashtir,ifodala, tavsifla, musiqaga mosla


Qo’llash: mashq qil, namoyish qil, ko’rsat, o’rgat, sinfga taqdim et.


Tahlil: sharhla, tahlil qil, gurujla, tabaqalashtir, tuz, tizimlashtir, ma’lum bir tartibda joylashtir


Bahola:bahola, mulohaza yurit, muhimligig ko’ra farqla.


Yaratish: yarat, o’ylab top


 


Motor-harakatli intellect:


Bilish:barcha harakatlarni takrorla, harakatda tushuntirib ber, taqlid qil.


Tushunish: muhokama qil, ifodala, rol ijro et.


Qo’llash: qo’lla, tasvirlab ber, tajriba qilib ko’r, namoyish qil, tasavvur et.


Tahlil: ajratib ol, turlar bo’yicha ajrat, muhokama qil, tizimlashtir, guruhla, tartib bo’yicha joylashtir,


Baholash: o’lcha, muammoni yech, tanla, bahola, tavsiya et.


Yaratish: ishlab chiq, o’ylab top, qur,ixtiro qil.


 


Shaxslararo intellect:


Bilish: takrorla, aniqla, sana, nomini ayt, yig’.


Tushunish: tasvirlab ber, tushuntir, muhokama qil, ifodala, aytib ber.


Qo’llash: qo’lla, taqlid qil, surishtir, mashq qil.


Tahlil: tizimlashtir, ma’lumot tayyorla, izlan, o’rgan, guruhla, o’rnat, shakllantir.


Baholash: masala yechimini top, bahola, xulosala, tavsiya ber, tanqid qil.


Yaratish: reja tuz, taklif et.


 


 


Ichki shaxsiy intellect:


Bilish: nomini ayt, takrorla, eslab qol, yodla.


Tushunish: tushuntir, shakllantir, ifodala, takrorla.


Qo’llash: bir o’zing sahnalashtir, rejalashtir, tasavvur qil.


Tahlil: sinab ko’r, taqqosla, izlan, parchala, tuz, insho yoz, yig’,


Baholash: xulosala, bahola, qo’llab-quvvatla, ma’qulla.


Yaratish: gipoteza ilgari sur, tasavvur qil, yarat, qur.


 


 


Savol va topshiriqlar.


1.      Bir o’quvchida intellektning nechtagacha turi rivojlanishi mumkin? Misol keltiring.


2.      Yaponiyalik o’qituvchilar maktab o’quvchilarini nafaqat o’ng qo’l, shuningdek, chap qo’l vositasida yozishga o’rgatishar ekan. Buning sababi nimada?


3.      Maktab rejasi asosida biror mavzu yuzasidan turli intellect sohiblari uchun didaktik savol va topshiriqlar tayyorlang.



[1]Umumta’lim maktablari o’qituvchilari uchun o’quv modullari. 1-modul., Toshkent, 2013, 51-bet


[2] (Ped. Slov., 2008, 27-bet).


[3]1943 yil tug’ilgan,amerikalik psixolog, klinik ruhshunoslik va neyropsixologiya bo’yicha mutaxassis.


[4]Пухальская Л.В.ГБУ ОШИ «Губернаторский многопрофильный лицей-интернат для одаренных детей Оренбуржья», г. Оренбург


 


 



Fundamental va funksional bilimlarning qiyosiy tahliliКнига

Kurs yuzasidan glossariyГлоссарий

uslubiy qo'llanmaФайл

MAVZU taqdimotiФайл

Report Page