Sirdaryo tumanida yer munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari mohiyatini tushuntirishga qaratilgan seminar o'tkazildi

Sirdaryo tumanida yer munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari mohiyatini tushuntirishga qaratilgan seminar o'tkazildi

@Sirdaryotumanpress
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Yurtimizda yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash borasida bir qator qonun va farmonlar qabul qilingan.

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Shu bois, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Sirdaryo tumani hokimligida tashkil qilingan seminar mamlakatimizda yer munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari mohiyatini tushuntirishga qaratildi.

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Tadbirda adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi J. Shomirzayev maʼruza qildi.

Muloqotda Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori, “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi xususida batafsil maʼlumot berildi.

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga toʻxtalib oʻtildi.

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Tadbir bahs-munozaraga boy boʻlib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Sirdaryo tumani hokimligi Axborot xizmati.

Report Page