Sirdaryo tumanida “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida o‘tkaziladigan qo‘mondonlik-shtabi o‘quv mashqining birinchi kuni yakunlandi. Tafsilotlar...

Sirdaryo tumanida “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida o‘tkaziladigan qo‘mondonlik-shtabi o‘quv mashqining birinchi kuni yakunlandi. Tafsilotlar...

@Sirdaryo
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Oʻquv mashqining asosiy maqsadi, Sirdaryo va Guliston tumanlarida  zilzila va uning ikkilamchi omillari natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha viloyat va tumanlar  boshqaruv organlari kuch va vositalarining harakatlarini muvofiqlashtirish hisoblanadi.
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Shu bois, Sirdaryo va Guliston tumanlari hokimligi binosida mas'ul tashkilotlar xodimlari ishtirokida videomuloqot shaklidagi vazifalar taqsimotiga bag‘ishlangan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Tadbir davomida fuqaro muhofazasi boshlig‘i-tuman hokimi B.Mirzaqulov tomonidan “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida o‘tkaziladigan qo‘mondonlik-shtabi o‘quv mashqi to‘g‘risidagi qarori o‘qib eshittirildi.

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Shuningdek, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i G‘.Muxamedov tomonidan aholini va mol-mulklarrini shartli talofat o'choqlaridan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish bo‘yicha qo'shimcha topshiriqlar berildi.

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Berilgan signalga muvofiq favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizim xizmatlari va doimiy tayyorgarlikdagi kuch va vositalar "Intilish" mahallasi hududidagi Bolalar va o'smirlar sport maktabiga jamlanishdi. Shundan so'ng, favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizim xizmatlari va doimiy tayyorgarlikdagi kuch va vositalar, Qizil Yarim Oy jamiyati kuch va vositalarining saf ko‘rigi jarayonlari o‘tkazildi. Endilikda ushbu kuch va vositalar talofat o'choqlarini bartaraf etish hamda aholini evakuatsiya qilish tadbirlariga jalb etiladi.

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Oʻquv mashqiga jalb etilgan kuch va vositalarni boshqarish maqsadida Sirdaryo tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida boshqaruv shtabi tashkil etildi.

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Qo'mondonlik-shtab o'quv mashqi rejasiga ko'ra, IIV Sirdaryo akademik litseyida tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuz berganda litsey oʻquvchilarining toʻgʻri harakat qilishga doir bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi tashkil etildi.

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Akademik litseyning 500 nafardan ortiq oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirok etgan tadbirda zilzila sodir bo'lganda binoni ehtiyotkorlik va tezkorlik bilan tark etish, jabrlanganlarni qutqarish va ularga bitinchi tibbiy yordam ko'rsatish vazifalari o'quvchilar tomonidan amalga oshirildi.

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Navbatdagi maxsus-taktik o‘quv mashqi “YO'LTREFTRANS” AJda ham davom etib, korxona ishchilari qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil etish, vayronalar ostidan qolgan jabrlanganlarni qutqarish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish tadbirlari amalda sinab ko'rildi.

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Ahamiyatlisi, poyezda sodir bo‘lgan yong‘in obyekt fuqarolar muhofazasi tuzulmalari xodimlari hamda yong‘in qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan muvaffaqiyatli o‘chirildi. Vagon ichida yong‘inda qolgan bir nafar fuqaro borligi aniqlandi. Tekor harakatlar natijasida yong‘inda qolgan fuqaro qutqarilib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yuborildi.

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati.


Report Page