Akademik litsey o'quvchisi - Mehnat huquqi bilimdoni

Akademik litsey o'quvchisi - Mehnat huquqi bilimdoni

@sirdaryotumanpress

O'zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yosh avlodning barkamolligi, mustaqil fikrli va mas’uliyatli bo’lishi, milliy qadriyatlarga chuqur hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismonan va ma’nan sog’lom bo’lishi uchun bir qator tizimli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, ularning haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarining himoyasini ta’minlash maqsadida huquqiy asoslar ham yaratildi. Huquqiy madaniyat uchun huquqiy ong zaruriy element ekanligini hisobga olgan holda shuni e’tirof etish kerakki, huquqiy ong bo’lishi uchun avvalo huquqiy savodxonlik juda zarurdir. Huquqiy savodxonlik shaxs – jamiyat –davlat munosabatlariga muhim ta’sir ko'rsatadi, hayotda, mehnat faoliyatida yoki boshqa bir sohada yuzaga keladigan muammolarni adolatli va xolis hal qilish imkonini beradi. 

   Shu maqsadda Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Mehnat huquqi bilimdoni” korik tanlovida 5772 nafar o'quvchi-yoshlar ishtirok etishdi. IIV Sirdaryo akademik litseyi 3-bosqich o'quvchisi Toshmurod Abdurahmonov ham shu tanlovda ishtirok etib, faxrli 2-o`rinni egalladi. G'olibimiz O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan II darajali diplom va esdalik sovg'asi planshet bilan taqdirlandi. 

"Har bir yutug'im, erishayotgan muvafaqqiyatlarim ortida ota-onam va ustozlarimning beqiyos mehnatlari yotibdi, yutuqlarim ularning yutug'idir! " - deydi Toshmurod Abdurahmonov. 

 Bu tinib-tinchimas, shijoatli o'quvchimizga omad va zafarlar tilaymiz.

  Charos Shodmonova, IIV Sirdaryo akademik litseyi yoshlar yetakchisi.



Report Page