"Yo‘lreftrans" AJda Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.  

"Yo‘lreftrans" AJda Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.  

@sirdaryotumanpress
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

2021 yil 27 sentyabr kuni “Yo‘lreftrans” aksiyadorlik jamiyatida Davlat tilida ish yuritish bo‘yicha seminar tashkil etildi. 

Seminarni “Yo‘lreftrans” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Kamoliddin Yuldashev ochib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarorining ahamiyati va mazmun–mohiyati haqida gapirdi. 

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Tadbirda Sirdaryo tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Rahim Xusanov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bilan hamkorlikda nashrga tayyorlangan “Davlat tilida ish yuritish” nomli amaliy qo‘llanmasi haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.   

 Seminarda “Ish yuritish tili va uslubi”, “Xujjat turlari va xususiyatlari”, “Hujjatlardagi zaruriy qismlar (rekvizitlar) va ularni rasmiylashtirish”, “Blankalar – bosma ish qog‘ozlari qanday bo‘lishi kerak” mavzulari keng yoritib berildi. Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashi deputati Akbarali Mirzaahmedov, “Yo‘lreftrans” aksiyadorlik jamiyati Texnologik masalalar bo‘yicha direktori Shaxriyor Axmedov va kotibiyat mudiri Lenura Qo‘ldasheva ham seminarda faol ishtirok etdilar, o‘z fikr mulohazalarini bayon qildilar.

Sirdaryo tumani hokimligi Axborot xizmati. 

Report Page