Aholining turmush sharoiti yaxshilanishi kerak

Aholining turmush sharoiti yaxshilanishi kerak

@sirdaryotumanpress
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Sirdaryo tumanida tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik subyektlari bilan aholi o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish borasida ishlar boshlandi

“Mahallabay” ishlash tizimi orqali “og‘ir” mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularda oilaviy tadbirkorlikni kengaytirish, aholining daromadlarini ko‘paytirish va ishsizlikni bartaraf etishga erishilmoqda. Bunda mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash va yangi tadbirkorlik faoliyatini, jumladan, ”drayver” loyihalarini amalga oshirish muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Shu bois, Sirdaryo tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sherali Xakimov tumandagi “og‘ir” hududlardan biri “Taraqqiyot” mahallasida o‘rganish ishlarini boshladi. Xonadonma- xonadon yurish orqali fuqarolarning ertangi turmush sharoitini yaxshilash uchun ularga qanday sharoitlar yaratish mumkinligi yuzasidan fikr almashmoqda.

Foto: Sirdaryo tumani hokimligi
Foto: Sirdaryo tumani hokimligi

Shuningdek, mahalla oqsoqollarni va faollari bilan uchrashuvlar o'tkazilib, takliflari tinglanmoqda.

O‘rganish davom etmoqda....

Sirdaryo tumani hokimligi Axborot xizmat.

Report Page