Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashining ellik uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashining ellik uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

@sardobatumani_uz
Foto: Sardoba tumani hokimligi

Joriy yilnig 5 avgust kuni tuman hokimligi majlislar zalida Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashining ellik uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Sardoba tumani hokimligi

Ushbu sessiyada tuman sektorlari rahbarlari, siyosiy Partiyalar, mahallalar faollari, tuman korxona-tashkilot rahbarlari, keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Foto: Sardoba tumani hokimligi

Mazkur sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rildi.

1) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF-60-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan 2022-yilning iyul oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining birinchi o’rinbosari D.Xusanbaevning hisoboti to’g’risida.

2) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-sonli Farmoniga asosan, tumanda ijro intizomining bajarilishi bo’yicha 2022-yilning iyul oyida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida.

Foto: Sardoba tumani hokimligi

3) Tumanda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo’yicha tegishli mutasaddi rahbarlar faoliyatini o’rganish, tanqidiy baholash to’g’risida.

4) O’zbekiston Respulikasi Oliy Majlis Senatining “Yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi bo’yicha reyting tizimini joriy etish to’g’risida”gi SQ-361-sonli qarori ijrosi hamda tumanda yoshlar muammolarini o’rganish va ularni hal etish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimining o’rinbosari Z.Musurmonkulovning hisoboti to’g’risida.

Foto: Sardoba tumani hokimligi

5) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2022-yil 4-fevraldagi “Hududlarda yangi ish o’rnini yaratish ishlari samaradorligi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish to’g’risida”gi SQ-478-IV-sonli qaroriga asosan, 2022-yil iyul oyida bajarilgan ishlar yuzasidan tuman Aholi bandligiga ko’maklashish markazi direktori Sh.Abduhamidovning xisoboti to’g’risida.

6) Sardoba tumanidagi hokim yordamchilari tomonidan 2022-yilning iyul oyida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Sardoba tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri F.Xasanovning hisoboti to’g’risida.

Foto: Sardoba tumani hokimligi


7) Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida tumanda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2022-yilning iyul oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bo’lim boshlig’i B.Egamovning hisoboti to’g’risida.

Foto: Sardoba tumani hokimligi

8) Tuman mahalliy byudjetidan mablag’lar ajratish to’g’risida.

Foto: Sardoba tumani hokimligi

9) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022-yil 14-apreldagi “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog’ini kengaytirish to’g’risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, tumandagi 1-sonli matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o’rta ta’lim maktabi faoliyatini belgilangan tartibda tugatish to’g’risida.

Foto: Sardoba tumani hokimligi

Sessiya kun tartibiga qo‘yilgan qaror loyihalari deputatlar orasida keng muhokamalar va munozaralar asosida qabul qilindi va tasdiqlandi.  

Sardoba tumani hokimligi Axborot xizmati.

Report Page