Sirdaryo tumanida 2021 yilning birinchi yarim yilligida 180 ta kichik tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etildi

Sirdaryo tumanida 2021 yilning birinchi yarim yilligida 180 ta kichik tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etildi

@sirdaryotumanpress

2021 yil 1 iyul xolatiga Sirdaryo tumani «Korxona va tashkilotlar yagona davlat registri» ma’lumotlar bazasida ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari soni (dexqon-fermer xo‘jaliklarisiz) 2205 tani tashkil etib, shundan 2022 tasi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona, 183 tasi ya’ni 8.3 foizi faoliyat ko‘rsatmayotgan korxona sifatida mavjud. 2021 yilning birinchi yarim yilligida 180 ta kichik tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etildi. Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlarining 18 tasi qishloq xo‘jaligi, 44 tasi sanoat, 11 tasi qurilish, 82 tasi savdo va umumiy ovqatlanish, 25 tasi xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida tashkil etilgan. Ushbu korxonalarda 400 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. 

Shu o‘rinda yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan yilda bir marotaba faoliyatlari to‘g‘risidagi yillik statistik hisobotlarini internet tarmog‘i orqali elektron shaklda taqdim etishlari, hamda davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan ro‘yxat bo‘yicha yilda bir marotaba 4-KV savolnova mikrofirma va kichik korxonaning faoliyati to‘g‘risida joriy yilning ma’lum bir choragi uchun anketa so‘rovnomalarini taqdim etishlari belgilab berilganligini eslatib o‘tmoqchiman.

D.Sherov, tuman statistika boshlig‘i.

Report Page