Sardoba tumanida aholi muammosi va murojaatlari joyiga chiqqan holda o'rganilmoqda

Sardoba tumanida aholi muammosi va murojaatlari joyiga chiqqan holda o'rganilmoqda

@sardobatumani_uz
Foto: Sardoba tumani hokimligi

Sardoba tumani aholisining muammolarini o'rganish va ularni ijobiy hal qilish maqsadida, joriy yilning 1 avgust kuni 1-sektor hududidagi Otayurt mahallasida sayyor qabul tashkil etildi. Ko‘tarilgan masalalar tegishliligiga ko‘ra ko‘rib chiqildi, muammolarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Foto: Sardoba tumani hokimligi
Foto: Sardoba tumani hokimligi

So'ngra Birlik mahallasiga tashrif buyurib, E'zoz ko'chasi 13/1 uyda yashovchi Uzoqov Zafar hamda G'alaba ko'chasi 1/2 uyda yashovchi Xoliqova Xolidalarni xonadonlariga murojaatlari yuzasidan o'rganish tashkil etilib, ushbu fuqarolarning uylari ta'mirtalab ekanligi sababli ta'mirlab berilishi belgilandi.

Foto: Sardoba tumani hokimligi

Joriy yilning 1 avgust holatiga tuman bo'yicha jami 223 ta qayta murojaat qabul qilingan bo'lib jumladan:

  1. Ijobiy hal etilgan - 129 ta,
  2. Huquqiy tushuntirish berilgan - 94 ta,

Murojaatda ko'tarilgan masalalar kesimida

  1. Moddiy yordam, nafaqa va aliment - 34 ta,
  2. Elektr energiyasi va gaz ta'minoti - 12 ta,
  3. Mehnat va aholi bandligi - 26 ta,
  4. Kredit masalasi - 45 ta,
  5. Uy-joy bilan ta'minlash - 21 ta,
  6. Yer nizolari - 10 ta,
  7. Sog'liqni saqlash - 11 ta,
  8. Ichimlik suvi - 4 ta,
  9. Sud-huquq masalalari - 10 ta,

10. Boshqa yo'nalishlarda - 50 ta murojaatni tashkil etadi.

Foto: Sardoba tumani hokimligi
Foto: Sardoba tumani hokimligi

Sayyor qabulga har bir bir odam o'zining muammosini ijobiy hal qilish umidada kelgan, albatta. Ammo ularning qilgan murojaatlarining ayrimlari joyida ijobiy hal etilsa, ayrimlari esa ma'lum muddat talab qiladigan masalalar. Yana bir guruh fuqarolarga esa murojaati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar ham berildi.

 Sektor rahbarlari tomonidan joylarda sayyor qabullar davom etmoqda.

Sardoba tumani hokimligi Axborot xizmati

Report Page